So’nggi yangiliklar

23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  2 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  4 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  3 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  8 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  3

Devid Bekxem: “Real” faoliyatimdagi eng yaxshi davr bo'lgan” Yangiliklar

Devid Bekxem: “Real” faoliyatimdagi eng yaxshi davr bo'lgan”

Angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem “XL Semanal” nashriga bergan intervyusida oilasi, “Qirollik klubi” va “Real”ning hozirgi holati xususida berilgan savollarga batafsil javob qaytardi. Intervyudan bahramand bo'ling.



- 2013 yil faoliyatingizni tugatdingiz. Futbolni sog'inyapsizmi?

- Ha, albatta va bu tabiiy. Lekin o'shanda 38ga to'lgandim va vaqtim kelganini ko'rdim. O'ynayotgan paytingda tugatish haqida fikrni ko'rolmaysan. Yosh o'tishi bilan o'yinlardan keyin tiklanish qiyinroq kechadi, jarohat olish xavfi o'sadi. SHunda ketish to'g'risida o'ylashni boshlaysan.

- Keyin nima bilan mashg'ul bo'ldingiz?

- Turli sohalarda ishladim. Muvaffaqiyatli ishladim, ishoning. Birinchi navbatda ko'proq vaqtimni oilam bilan o'tkazdim – ular hayotimdagi eng muhim jihat.

- Bolalaringizdan kimdir yo'lingizdan ketishni istaydimi?

- Ular futbolni yoqtirishadi, lekin shu yo'ldan borishlari shart emas. Katta o'g'lim Bruklin suratga olishga qiziqadi. Romeo esa tennis kortini maqul ko'radi. Kross hozircha futbol o'ynayapti, lekin u 11 yoshda. Xarper avval faqat bolalar bilan o'ynardi, ammo ayni paytda balet bilan shug'ullanmoqda. Men va Viktoriya uchun farzandlarimiz baxtli bo'lishi va nimani istashsa o'sha narsa bilan mashg'ul bo'lishi muhim.

- O'yinchilik paytingizda bolalaringiz bilan dam oli kunlari, Rojdestvo va tatil paytida ko'rishmagansiz.

- SHunday. Mavsumga tayyorgarlik davridan to uning yakuniga qadar. Evropa yoki jahon chempionati o'tkazilgan yillarda yanada ko'proq band bo'lganman. Yana reklama majburiyatlari tufayli ko'p uchishimga to'g'ri kelgan. 20 yil yoz, dam olish va Rojdestvo kunlarini ishlagan holda o'tkazdim. Hozir shunday paytda oilam bilan birga bo'lyapman va bu ajoyib.

- Ispaniyadaesa vaqt ko'proq bo'lgandir, chunki u erda dam olish kunlari ko'proq.

- Albatta, oila nuqtai nazaridan bu yillar juda muhim bo'lgan. Madriddagi hayot men uchun burilish nuqtasiga aylangan. 14 yoshgacha Londonda yashaganman. Manchesterda 27 yoshgacha istiqomat qilganman. Keyin keskin o'zgarish ro'y berdi. Qolaversa, “Real”da men bilan Zidan, Ronaldo, Figu, Raul, Roberto Karlos, Kasilyas kabi futbolchilar o'ynagan.

- Sizni Madridda qanday qabul qilishgan?

- Odamlar yaxshi munosabatda bo'lgan. Xuddi butun dunyo oilam bilan Madridda yashashimdan xursanddek tuyulardi. Juda qulay bo'lgan. SHahar juda romantik, mukammal madaniyat va ananalarga boy. Jamoa libosini kiyishdan hayratga tushganman. Klub bilan La Liga va Ispaniya Superkubogida zafar quchganman.

- Bunday jamoa bilan ikki sovrin yutishni ko'pchilik muvaffaqiyatsizlik deb baholaydi.

- Bunday deb hisoblamaganman. Bu faoliyatimdagi eng yaxshi davr bo'lgan. Bizdan ko'p narsa kutishgan, ammo biz Ronaldino, Messi, Eto`o, Xavi, Puyol, Inesta porlagan “Barselona” bilan raqobatlashganmiz. Yana men kelgunimga qadar “Real” CHempionlar ligasida g'alaba qozongandi. “Galaktikos”ga kelsak, biz futbol o'ynab, ishimiz bilan shug'ullanardik. Nom esa ko'proq matbuot mehnati mahsuli.

- O'zingizni Zidan kabi murabbiy o'rnida tasavvur eta olasizmi?

- Yo'q, chunki mashq qildirish uchun yaratilmaganman. Zidan esa shunday edi. U juda yaxshi do'st hamdir. U futbolga bog'langan inson. Zizu men bilan birga o'ynaganlar orasida eng yaxshisi. Uning murabbiylikni boshlagani tabiiy hol. Unga qiyin, chunki “Real” oxirgi yillardagi eng kuchli raqibga qarshi turishi kerak.

- Murabbiy sobiq futbolchi bo'lishi kerak deb hisoblaysizmi?

- SHubhasiz. Ayniqsa, Zidan kabi hamma narsani yutgan, bir necha marta jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan va katta tajribaga ega bo'lsa.

- Real”da oxirgi yillarda hamma narsa xotirjam bo'lmadi. Murabbiylar o'zgardi, Raul va Kasilyas ketdi. Bu haqida qanday fikrdasiz?

- “Real”ga barqarorlik va tartib zarur. Barqarorlik muvaffaqiyatga olib boradigan yo'l. Hayotning barcha yo'li va biznesda ham shunday.

- Sabr “Real” ishqibozlari orasida eng qadrli bo'lmagan narsa. Prezidentni ham shunday desa bo'ladi.

- Florentino Peres – klub haqida juda qayg'uradigan inson. U jamoada Ronaldu, Beyl va jahonning boshqa eng yaxshi futbolchilari o'ynashini xohlaydi. Peres bu o'yinchilarni sotib olmaganda uni hamma tanqid qilayotgan bo'lardi.

- Ronaldu kuchlimi yoki Messi?

- Bunday gaplar mantiqdan yiroqda. Ular davrimizning etuk futbolchilari, xuddi Zidan o'z vaqtida bo'lgandek. Biz birgalikda Messi va Ronaldu davrini eslab yuramiz. Hech kimga yuqori saviyada bunchalik ko'p ushlanib qolish nasib etmagan. Ular eng yaxshi bo'lish uchun hamisha jiddiy ter to'kishadi.

- Moda olamida birinchi futbolchi bo'ldingiz. Bu kiyinish xonasidagi munosabatga tasir ko'rsatganmi?

- Albatta, ular shahar bo'ylab suratim tushirilgan reklamani ko'rib, hayratlanishgandi. Har qanday holatda bu juda ajoyib bo'lgan.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика