Dest dushanba kuni "Barselona" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 12:29
"Barselona" "Ayaks" himoyachisi Serjino Dest bilan kelishib oldi.

Jurnalist Nikolo Skira bergan ma'lumotiga ko'ra, futbolchi dushanba kuni Kataloniya poytaxtiga uchib keladi va klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

19 yoshli himoyachi "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer narxi 25 mln evroga baholangan.

Amerikalik futbolchi ushbu mavsumda "Ayaks" tarkibida 3 o'yinda qatnashdi. O'tgan mavsumda esa barcha turnirlarda 36 o'yinda 2 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport