Derbida to'purarlar qatnashmaydi
16 may 2017 10:15
Yangiliklar
Ortda qolgan 18 bahsning 9 tasida “Olmaliq”, 8 tasida esa “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Faqat bitta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati “Olmaliq” foydasiga 38-36. “Olmaliq”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1. “Metallurg”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:2 ni tashkil etadi.
O'tgan yil jamoalar o'z maydonlaridagi g'alabali seriyalarini davom ettirishgan. Olmaliqdagi o'yinda Doniyor Ismoilov va Fahod Tojievlar mehmonlarni ranjitishgan – 2:0. Bekoboddagi bahs esa gollarga boy bo'lgan. Zohid Abdullaev (2ta), Jahongir Abdumo'minov va Ergash Ismoilovlar tomonidan urilgan gollarga Timur Usmonov hamda Mo'ydin Mamazulimovlar javob berishgandi – 4:2. Qizig'i shundaki, Doniyor Ismoilov hamda Timur Usmonovlar bu yildan “Metallurg” tarkibida to'p surmoqda.
Yana bir malumot. Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlaridagi to'purarlar Mo'ydin Mamazulumov hamda Zohid Abdullaevlar hisoblanishadi. Har ikkalasi 7 martadan gol kiritishgan. Biroq bu yilgi dastlabki to'qnashuvda bu natija o'zgarishsiz qoladi. Gap shundaki, Mamazulumov “Olmaliq”ni tark etgan bo'lsa, Abdullaev diskvalifikaciya bois Olmaliqqa kelmaydi.
"Metallurg" matbuot xizmati
Fikrlar