So’nggi yangiliklar

12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  0 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  2 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  4 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  16 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1

Derbi oldidan. O'zaro o'yinlarda Manchesterning qaysi tomoni ustun? (prevyu) Yangiliklar

Derbi oldidan. O'zaro o'yinlarda Manchesterning qaysi tomoni ustun? (prevyu)

Bugun soat 18:00dan etiboran "Etixad"da Manchester derbisi start oladi.

Xo'sh, bugungi uchrashuv oldidan statistikalarda ustunlik qaysi jamoa tomonida?

O'zaro o'yinlar

SHu kunga qadar jamoalar o'zaro 188 marta (barcha turnirlarda) o'zaro to'qnash kelishgan. SHularning 57tasida shaharning ko'k tomoni, 78tasida esa qizil tomonining qo'li baland kelgan. Premer-liga, umuman olganda Angliya chempionati doirasidagi uchrashuvlar esa 154tani tashkil qiladi. Uchrashuvlarning 47tasida "Siti", 59tasida esa "Yunayted" g'alabaga erishgan. Garchi mag'lubiyatlarning ko'pligiga qaramasdan "Siti" gol urish bobida raqibidan ustun - 214:212.

So'nggi 5 o'yin

APL. 06.03.2022 | Manchester Siti - Manchester Yunayted 4:1

APL. 06.11.2021 | Manchester Yunayted - Manchester Siti 0:2

APL. 07.03.2021 | Manchester Siti - Manchester Yunayted 0:2

Liga Kubogi. 06.01.2021 | Manchester Yunayted - Manchester Siti 0:2

APL. 12.12.2020 | Manchester Yunayted - Manchester Siti 0:0

Turnir jadvali

Ikki jamoa ham 2 uchrashuvda ochko yo'qotdi: farq shundaki "Siti" 2 durang o'ynadi, "Yunayted" esa mavsumni ikki mag'lubiyat bilan boshladi. Ayni damda Erik ten Xag shogirdlari 8-8 gollar bilan 12 ochko to'plagan holda 6-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, 23 gol urib, 6 gol qo'yib yuborgan "Siti" 17 ochko bilan peshqadam "Arsenal"ni taqib qilmoqda. O'z navbatida qayd etish kerak, mankunianliklarning "Lids"ga qarshi o'yini qirolichaning vafoti sababli boshqa kunga qoldirilgan.

Jamoalarning holati

"Manchester Yunayted" so'nggi 6 o'yinning 5tasida g'alabaga erishdi. Birgina mag'lubiyat Evropa ligasi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda qayd etildi. Jamoa o'zining jonajon stadionida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'z navbatida jamoaning APL peshqadami "Arsenal"ni mag'lub etganini qayd etish lozim.

"Manchester Siti"da esa ishlar ajoyib. Birgina Erling Xolandning o'zi "Yunayted"dan ko'proq gol ura oldi. SHuningdek, ECHL va APLda mag'lubiyatsiz seriyani qayd etayotgan "shaharliklar" uchrashuv oldidan favorit maqomini saqlab turibdi. Gvardiola shogirdlari ushbu mavsum o'tkazgan 9 o'yinining 4tasida yirik g'alabaga erishdi.

Yo'qotishlar

Bu borada "Yunayted"da nomlar salobatliroq. Xarri Maguayr, Markus Reshford, Donni van de Bek va Antoni Marsyal kabi futbolchilar uchrashuvda ishtirok etmasligi kutilmoqda. SHuningdek, bahsda jarohati sababli qaydnomaga kiritilmaydiganlar qatorida Brendon Uilyams, Martin Dubravka va Fakundo Pelistri kabi futbolchilar ham bor.

"Man Siti"da esa Jon Stounz hamda Aymerik Lyaport kabi himoyachilar bahsda qatnashmaydi. SHuningdek, ushbu mavsum 1 daqiqagina o'ynagan Kelvin Fillips jarohatlangan.

Xo'sh, Sizningcha uchrashuvda qanday hisob qayd etilishi mumkin?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика