Depay va De Paul "Real"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
21 fev 2023 01:46
Yangiliklar
Depay va De Paul "Real"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul "Real"ga qarshi bahsda ishtirok eta olmasligi mumkin.
28 yoshli argentinalik "Atletik"ka qarshi bahsda jismoniy noqulaylik tufayli almashtirilgan edi. Malumotlarga ko'ra, shifokorlar De Paul jarohati borasida optimistk fikrda emas, u 25 fevral kuni o'tkaziladigan "Real"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin. Rodrigo shikastlanish darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tishiga to'g'ri keladi.
Memfis Depay sog'ligida ham muammolar bor. Hujumchining tayyorligi bahsdan oldin qayta tekshiriladi.
De Paul joriy mavsum LaLiganing 17ta uchrashuvida 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. Depay esa 4ta bahsda 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar