So’nggi yangiliklar

01:42Жалолиддин Машарипов: "Қуръадан олдин Португалия, Роналду билан тушамиз деб айтгандим"  7 01:06Фабио Каннаваро қуръа ташлаш маросимидан сўнг нималар деди?  19 00:54Элдор Шомуродов: "Гуруҳдан чиқишга имкониятимиз етади деб ўйлайман"  4 00:34Рустам Ашурматов: "Жаҳон чемпионатига боргандан кейин энг камида гуруҳдан чиқишни ўйлаш керак"  6 00:15ЖЧ-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги тақвими маълум!  31 00:07ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!  166 23:55ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!  50 23:21"Манчестер Юнайтед" футболчиси жамоадан кетишга тайёр  1 22:58Мухлисга тупурган футболчи 4 ўйинга четлатилди  3 22:18Лингард эркин агентга айланди  0 21:50Пеп Гвардиола: "ЖЧ-2026ни Англия ютишини истайман"  6 21:27Аморим "Вулверхэмптон"нинг ғалабасиз серияси исталган пайтда тугашини айтди  1 20:51“Энфилд”да вазият кескинлашди: Салоҳ норози, таклифлар эса кўпаймоқда  6 20:28Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги ғалабадан кейин елкамдан тоғ ағдарилгандек бўлди"  4 20:13"Насаф" ва "Навбаҳор" "Пахтакор" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  3

Denis Korostichenko Proligaga tushib ketish, jamoaga etishmagan jihatlar va "Olimpik"ning kelajagi haqida gapirdi Yangiliklar

Denis Korostichenko Proligaga tushib ketish, jamoaga etishmagan jihatlar va "Olimpik"ning kelajagi haqida gapirdi

Superligada qolish uchun o'tkazilgan "Olimpik" - "Metallurg" (1:2) jamoalari o'rtasidagi pley-off o'yinidan so'ng "Olimpik" ustozi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi, ikkinchi bo'limda agressivroq harakat qildik, birinchi taymdagiga qaraganda o'yinimiz yaxshiroq chiqdi. Lekin baribir hisobni tenglashtira olmadik. 

Ilk navbatda murabbiylar shtabiga, yigitlarga rahmat aytaman. Ular jamoani Superligada saqlab qolish uchun qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Afsuski bu bizga etarli bo'lmadi. Yigitlarga bajarilgan ish uchun rahmat aytaman, bu oson bo'lgani yo'q. O'yin oxirida biroz kuchimiz etmadi. Albatta barchasini ertaroq hal qilib olishimiz mumkin edi. Lekin...

-Bir necha tur oldin ham "Olimpik" Proligaga tushib ketish uchun asosiy "davogar" emasdi. Boshqa jamoalarga nisbatan imkoniyatlar yaxshiroq edi...

- Bu haqida aytib o'tdim. Menimcha bizga kuch etmadi. Yigitlar barcha o'yinda harakat qilishdi, kurashishdi. Oxirida ruxiy va jismoniy tomonlama kuchimiz etishmadi. 2-3 ochko bizga etardi. Bunga kuchimiz etmadi. SHuningdek tarkibda rotaciya borasida ham muammolar bo'ldi. Oxiriga kelib bizda kasal bo'lganlar, jarohatlar, qizil kartochkalar ko'payib ketdi...


-Oxirgi o'yinlarda "Olimpik"ka nisbatan adolatsiz hakamliklar bo'lgandek ko'rindi. Xuddi jamoani atayin Proligaga tushirib yuborishga harakat qilinganidek. Bu haqida nima deya olasiz?

-Men bunga ishonmayman, ishonmoqchi ham emasman. So'nggi o'yinlardagi hakamlik borasida gapirsam, menda savollar paydo bo'ldi. Bu haqida gapirmagandim, barchasini ichimda qoldirgandim. "SHo'rtan" bilan o'yinda hakam ikkita penalti belgilamadi. CHempionat o'yinlarida esa, "Bunyodkor" bilan o'yinda hakam raqib futbolchisini chetlatmay, qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Takroriy vaziyatni ko'rib, bunday harakatdan so'ng futbolchimiz umuman futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkinligiga amin bo'ldim. SHunchaki mo'jiza tufayli, u sog'-salomat qoldi. 


- "Olimpik"ning kelajagi haqida nima deya olasiz? Agar jamoa Superligadan tushib ketsa, jamoa yopilishi haqida gap-so'zlar paydo bo'lgandi.

-Bizda Superligada qolish vazifasi bor edi. Rahbariyat oldimizga Superligada qolishni vazifa qilib qo'ygandi. Boshqacha holatlar haqida menga xech kim gapirmadi. 

-"Olimpik"ka Superligada qolish uchun etishmagan uchta narsani ayta olasizmi?

-Birinchi navbatda, menimcha zaxira o'rindig'ining torligi. Ruxiy bosim va mavsum oxiridagi jismoniy charchoq. 


-Buni faoliyatingizdagi eng alamli va og'ir mavsum desak bo'ladimi? 

-Hozircha ha. CHunki men Superligada ishlayotganimga ko'p bo'lmadi. Mavsum og'ir va bosim ostida o'tdi. Men ruxiy va jismoniy charchoqni his qildim. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика