Denis Korostichenko: "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin"
30 iyu 2022 22:11
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin"
O'yin haqida
- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi deb o'ylayman. So'ngi daqiqalarda omadimiz kelib gol urdik, ammo g'alabani ushlab qola olmadik. Nima deb izohlashni bilmayman. Gol urib olganimizdan so'ng yigitlar ozroq bo'shashishdi. Og'ir o'yin o'tkazdik. Birinchi marta emas, o'yin oxirida gol o'tkazib ochko yo'qotayapmiz.
- Vaziyatlar yaratish borasida shogirdlaringizni harakatlaridan qoniqdingizmi?
- "Metallurg" bilan o'yinda to'p nazoratini ushlash juda qiyin. CHunki anchayin shakllangan jamoa. Biz ketma-ket 3 ta o'yindan buyon ochko yo'qotayapmiz. Yigitlar har qanday jamoaga qarshi o'ynash olishlariga ishonaman.
- Maxaradzening chetlatilgani sezildimi?
- Albatta sezildi. Maxaradze to'pni o'zida yaxshi ushlab tura oladi, hujumlarimizni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatadi.
- Diyorjon Turopovning maydonga tushmagani nima bilan bog'liq?
- Turopovda ozroq jarohat bor edi. Aslida jarohat ham deb bo'lmaydi, u o'yindan oldin o'zini yomon his qildi. 100 foiz tayyor bo'lmagan futbolchini maydonga tushirmaymiz.
Fikrlar