Denis Korostichenko: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"
10 avg 2022 21:46
Yangiliklar


Denis Korostichenko: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"
Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan AGMK – "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin haqida nimadir deyishim mushkul. Barchangiz guvohi bo'lganingizdek, biz mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Birinchi bo'limning dastlabki 15-20 daqiqasi davomida yigitlar jonbozlik ko'rsata olishmadi. SHu bilan birga, ikkinchi bo'lim ham yomon kayfiyatda boshlandi. Bu o'yin haqida hech narsa deya olmayman. Bugungi o'yinni qayta ko'rib chiqishimiz hamda kelgusi raqib — "Bunyodkor"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rishimiz lozim", — dedi "temiryo'lchilar" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar