So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Deniel Pordes: "Men uchun Jeparov O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi" Yangiliklar

Deniel Pordes: "Men uchun Jeparov O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi"

Deniel Pordes osiyolik mashhur futbol jurnalistlaridan biri.

U yilning har choragida (uch oyda bir marta) OFK tomonidan nashr etiladigan “AFC Quarterly” jurnali bosh muharriri hisoblanadi. Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimida u ham ishtirok etdi. Tadbir yakunida uning fikrlariga quloq tutdik.

- Den, qura natijalaridan ko'ngil to'ldimi?
- Barcha guruhlar ajoyib bo'ldi. To'g'risini aytsam, musobaqani kim yutishini bilmayman, chunki imkoniyat hammada bor. Har bir guruhda qiziqarli o'yinlar bo'ladi.

- Ishtirokchilar ko'p, lekin chempion bitta bo'ladi.
- To'g'ri, yakunda qaysidir jamoa chempion bo'ladi, ammo hozirdan aytish qiyin. Faqat shuni aytishim mumkin, chempionlik qura tashlash marosimida birinchi va ikkinchi savatchadan o'rin olgan jamoalardan biriga nasib etadi. Yaponiya bir necha bor g'olib chiqqan, Avstraliya amaldagi chempion, buyoqda Janubiy Koreya, Eron, Saudiya Arabistoni bor. SHuningdek, mezbon jamoa BAAni ham unutmaslik kerak. Xullas davogar ko'p.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Musobaqada ishtirok etadigan hammaga. Men Osiyodagi barcha jamoalarni hurmat qilaman.

- O'zbekiston joy olgan guruh haqida fikringiz?
- Bu ham o'ziga yarasha qiziqarli guruh bo'ldi. Jamoalarga tarif beradigan bo'lsam, Yaponiya qita chempionatida eng ko'p g'alaba qozongan, Ummon saralash bosqichini ajoyib tarzda o'tkazdi, Turkmanistonning yo'qotadigan narsasi yo'q hamda O'zbekiston favoritlardan biri. O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatida zafar quchgani o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Men o'yinlarni ko'rdim va shuni ayta olamanki, sizlarda kelajak uchun yaxshi avlod shakllanyapti.

- O'zbek futbolchilari orasida kimlarni ko'proq kuzatasiz?
- Bunday futbolchilar ko'p. Lekin boshqalarga nisbatan ko'p kuzatganim bu Odil Ahmedov bilan Doston Hamdamov. Men Hamdamovni U-16 musobaqalarida o'ynaganidan beri bilaman. U yaxshi futbolchi. Odil Ahmedovga alohida tarif shart emas, juda kuchli o'yinchi.

- Siz bilgan o'zbekistonlik futbolchilar orasida eng kuchlisi kim?
- So'zsiz Server Jeparov. U bejizga ikki bor "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" deb topilmagan.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика