Deku: "Levandovski – dunyoning eng yaxshi hujumchisi, ammo Neymar..."
23 avg 2020 23:17
Yangiliklar
Deku: "Levandovski – dunyoning eng yaxshi hujumchisi, ammo Neymar..."
Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi CHempionlar Ligasi finalidan oldin "Bavariya" etakchisi Robert Levandovski va PSJ forvardi Neymarni taqqosladi.
"CHempionlar Ligasi finali kishini aldamaydi. Levandovski – buyuk o'yinchi, yulduz, ayni paytda dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi ham.
Ammo Neymar boshqacha. U Messi va Ronaldu darajasida. Final kim kuchliligini aniqlashtirishga ko'mak berishi mumkin, ammo futbol muxlisi sifatida men Neymarni tanlagan bo'lardim. U chiroyli futbol o'ynaydi", – dedi Deku.
Eslatib o'tamiz, "Barselona", "Portu", "Benfika" va "CHelsi" singari jamoalar safida ham to'p tepgan Deku faoliyatini 2013 yilda Braziliyada yakunlagan edi.
Fikrlar