So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Deadline" arafasida amalga oshadigan transferlar TOP-10 Yangiliklar

"Deadline" arafasida amalga oshadigan transferlar TOP-10

Teglar :  TransferOmonjon
Yakuniga etayotgan yozda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan transferlar etarlicha bo'ldi, ammo "bozor" hali yopilmadi!

Etiboringizga transfer oynasi yopilishi arafasida amalga oshishi kutilayotgan TOP-10 taqdim etamiz.


10. Renatu Sanchesh ("Bavariya"dan - ?) 
Renatuning "Bavariya"dagi debyut mavsumi unchalik omadli bshhlmadi. Jamoaga Tolisso kelganidan keyin esa, yangi mavsumga qaratilgan umid ko'zlari ham befoydadek.

Renatu Sanches qaerga bo'lsa ham ijaraga ketishi zarur. Hozir u nomdor jamoaning zaxirasida o'tirishi emas, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi zarur.

9. Virjil Van Deyk ("Sautgempton"dan - "Liverpul"ga)
"Sautgempton" markaziy himoyachisi Van Deykni sotishi lozim. "Liverpul" katta pul taklif qilayotganda (malumotlarga ko'ra trasnfer summasi 60 million funt atrofida bo'lishi mumkin), rozi bo'lish zarur.

Boz ustiga, tarkibda uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar mavjud. Misol uchun Jek Stivens va yaponiyalik Mayya Yosida. Ammo "Sautgempton" vakillari o'jarlik qilib turib olishgan.



8. Ross Barkli ("Everton"dan - "Tottenxem" yoki "CHelsi"ga)
"Everton" shartnoma muddati yakunlanib borayotgani sabab Barklini sotishga rozi. Ammo "shporlar"ning ishtahasi yomon emas va uni qondirishning o'zi bo'lmaydi. Kuni-kecha "Everton" Barkli uchun 25 million funt berishga tayyor "CHelsi"ning taklifini rad etdi. Eng qizig'i, Ross hozir jarohatini davolash bilan ovvora. Jamoa futbolchisi uchun "CHelsi"dan 40 million talab qilishmoqda va bu yanagi yil yozda shartnomasi tugab, erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun biroz ko'pdek nazarimizda. Futbolchi uchun kurashga londonning boshqa bir jamoasi "Tottenxem" ham qo'shilgan va jamoa yarim himoyachi uchun uncha-muncha pulni ayab o'tirmasligini bildirgan.

7. Aleks Oksleyd-CHemberlen ("Arsenal"dan - "CHelsi" yoki "Liverpul"ga)
CHemberlenning "Arsenal" bilan shartnomasi yozda o'z yakuniga etadi. Hamkorlikni uzaytirish taklifini esa futbolchi qabul qilmadi. SHu sababdan "Arsenal" hozirning o'zidayoq hujumkor yarim himoyachini sotib yuborishga qarshi emas. Xattoki bu borada "CHelsi" bilan kelishib ham qo'ygandi, ammo CHemberlen london klubiga emas, "Liverpul"ga o'tishni xohlamoqda. Qaltis qaror, ko'ramiz, Aleks mersisaydliklarga qanchalik kerak ekan.


 
6. Anxel Di Mariya (PSJ dan - "Barselona"ga)
Di Mariya "Barselona"ni takr etgan Neymarga o'rinbosar sifatida qaralayotganlar qatorida edi va klubga Dembele kelgandan so'ng, argentinalikka bo'lgan extiyoj o'z-o'zidan yo'qolishi lozim edi, ammo... "Ko'k-anorranglilar" muzokaralarni davom ettirishdi va PSJ aniq rasmiy taklif ham oldi. Biroq francuz klubi qatiy tarzda uni rad etdi. Di Mariyaning o'zi ham o'zgarishlarga qarshi emas va Ispaniyaga jon deb qaytishini bildirdi.

5. Toma Lemar ("Monako"dan - "Liverpul" yoki "Barselona"ga)
"Monako"dan yana bir yosh iqtidor sohibi. SHu yozning o'zida uzoq vaqtgacha ushbu futbolchini Arsen Venger o'z jamoasi safida ko'rish orzusida yondi. Lekin "kanonir"lar francuz klubi rahbariyati bilan o'zaro til topisha olishmadi. So'ngi kunlarda Koutino ketib qolsachi, degan xavotirda 21 yoshli futbolchi uchun kurashga "Liverpul" ham qo'shildi, ammo "monegasklar" yana bir etakchisini sotishni istamayapti.

Bir necha soatlar avval yana bir qiziq xabar tarqaldi. Qancha urinmasin, Koutinoni sotib ololmagan "Barselona" yo'nalishni Lemar tomon o'zgartiribdi. Judayam qiziq holat yuzaga kelmoqda. Kim qaerga o'tarkimn, ko'ramiz.

4. Diego Kosta ("CHelsi"dan - "Atletiko"ga)
Diego xatto tushlarida ham "Atletiko"ga qaytganini ko'rib chiqyapti, ammo buning barchasi hozircha tushdagina sodir bo'lyapti. Ammo "matraschilar" hozircha vaziyatni hal eta olishmayapti.



3. Aleksis Sanches ("Arsenal"dan - "Manchester Siti"ga)
"Arsenal"ning yana bir futbolchisi haqida uzoq vaqtdan beri turli xil gaplar yuribdi. Kuni-kecha tarqalgan xabarlarga ko'ra, "Man Siti" Aleksis Sanchesni sotib olish uchun barcha ishni qilishga tayyor emish. CHililik uchun "shaharliklar" avvaliga malum miqdordagi pul va Raxim Sterlingni taklif qilishayotgandi, keyinroq faqat pul bilan masalani hal qilmoqchi bo'lishdi (gap 50 million funt haqida ketmoqda), ammo bu variantlar london klubini qanoatlantirolmadi. SHunga qaramay, "Man Siti" taqdirga tan bergisi kelmayapti va transfer oynasi yopilib qolgunicha avvalgilaridan ham yaxshiroq taklif jo'natish harakatida.

2. Filippe Koutino ("Liverpul"dan - "Barselona"ga)
Koutino transferi ko'pchilikning joniga tekkani bor gap. Xatto o'sha Mbappedan ham ko'proq "chaynaldi" bu mavzu. "Liverpul" sotvorsa ham kerak edi, ammo braziliyalikning qiliqlari rahbariyatning jaxlini chiqargani turgan gap va endi ular ham teskari to'nini kiyib oldi. Koutino jarohati sabab "Liverpul"ga yordam bera olmayotgani aytilgandi, biroq futbolchi Braziliya termasi mashg'ulotida qolganlardan qolishmay shug'ullanmoqda. Eng yomoni agar bu transfer baribir amalga oshmay qolsayu, Filippe "qizillar" safida qolsa, keyin u murabbiy Klopp va bazi jamoadoshlari bilan munosabatini tiklay olarmikin?



1. Kilian Mbappe ("Monako"dan - PSJ ga) 
Yoz bo'yi bizni o'zi haqidagi xabarlar bilan zeriktirmagan Kilian yakunda vanihoyat PSJga o'tadi shekil. Kuni-kecha 18 yoshli forvard PSJ uchun tibbiy tekshiruvdan o'tdi va hammasi rejadagidek ketmoqda. Transfer haqidagi rasmiy xabar yaqin soatlar ichida chiqib qolishi kutilmoqda. Feyr-pley qoidalari tufayli PSJ Mbappeni to'liq sotib ololmaydi, shu sabab kelishuv ijara ko'rinishida imzolanadi va keyingi yil yozda 180 million evro to'lab bergan PSJ futbolchini to'liq o'ziniki qilib oladi.



Jahon futboli "aqldan ozmoqda". Bundan bir-ikki yil avval ham kosmik narxlar deb qaralgan summalar, bugun oddiy futbolchilar uchun to'lab berilmoqda. 

Siz qanday fikrdasiz, sanab o'tilgan transferlarning qaysilari amalga oshadi? Futbolchi qaerga va nimaga aynan o'sha klubga o'tishi haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика