De Yong: “Ikkinchi bo'limda “Real” yaxshi o'ynadi. Ammo “Barsa” ham to'g'ri yo'lda”
03 mar 2020 00:21
Yangiliklar
De Yong: “Ikkinchi bo'limda “Real” yaxshi o'ynadi. Ammo “Barsa” ham to'g'ri yo'lda”
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoasining “Real”ga (0:2) qarshi uchrashuvidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Agar jamoamizning so'nggi uchrashuvlariga etibor qaratadigan bo'lsak, jamoamiz to'g'ri yo'ldan ketayotganligini ko'rish mumkin. Ammo biz yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak. Ayni paytda “Real”dan bir ochko ortda qolayapmiz, oldinda ko'plab uchrashuvlar bor va biz oxirigicha kurash olib boramiz.
Bu og'ir kecha bo'ldi, yutqazish doim og'ir kechadi, ayniqsa klassikoda imkoniyatni boy bersang... umuman biz bu bahsda g'olib chiqishimiz ham mumkin edi. Ayniqsa, birinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimizni ko'rsata olsak. Biz yaxshiroq natijaga loyiq edik. Ammo “Real” ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi, ular bizga pressing uyushtirishdi va bizga o'z o'yinimizni ko'rsatish imkonini berishmadi”, deydi de Yong.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar