De Xea jamoadoshlaridan kechirim so'radi
18 apr 2019 11:47
Yangiliklar


De Xea jamoadoshlaridan kechirim so'radi
"Manchester Yunayted" posboni David de Xea "Barselona"ga qarshi bahsdan keyin kiyinish xonasida Lionel Messidan gol o'tkazib yuborgani uchun kechirim so'radi.
Argentinalik futbolchi o'ng oyog'i bilan kuchli bo'lmagan zarba berdi, posbon esa qo'liga kelayotgan to'pni o'tkazib yubordi.
Malumotlarga ko'ra, De Xea o'sha vaziyatda hech bir jamoadoshini ayblamadi va barchadan kechirim so'radi.
Bahs 3:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi va "Barselona" keyingi bosqichga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar