De Rossi Italiya terma jamoasiga chaqiriladi va u yana Rimda o'ynaydi
25 sen 2019 15:26
Yangiliklar
De Rossi Italiya terma jamoasiga chaqiriladi va u yana Rimda o'ynaydi
Afsonaviy yarim himoyachi Daniele De Rossi yana Italiya terma jamoasiga chaqiriladi.
Roberto Manchini 36 yoshli futbolchini Evro-2020 saralashi doirasidagi Greciya va Lixtenshteyn termalariga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritadi.
Agarda Italiya Greciyani mag'lubiyatga uchratsa, unda italiyaliklarning Evro-2020ga borishi aniq bo'ladi.
Eng qiziqarlisi, Greciyaga qarshi o'yin De Rossining uyiga aylangan "Stadio Olimpiko"da bo'lib o'tadi.
"Boka Xuniors"ning yangi azosi klubi safida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
Fikrlar