De Rossi Argentina chempionatiga yo'l oladi
17 iyu 2019 09:35
Yangiliklar


De Rossi Argentina chempionatiga yo'l oladi
“Roma” sobiq sardori “Boka Xuniors” tarkibiga borib qo'shiladi.
35 yoshli Daniele De Rossi tez orada Argentinaning “Boka Xuniors” klubi azosiga aylanadi. Tomonlar kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, De Rossi “Boka”ni 2020 yil avvalida murabbiylik kurslarini o'tash uchun tark etish imkoniyatiga ham ega bo'ladi. U bu vaqt oralig'ida 500 ming evro ishlab topadi. De Rossining “Boka”ga o'tishiga uning sobiq jamoadoshi Nikolas Burdisso sababchi. Burdisso ayni damda mazkur klubning sport direktori hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar