De Ligt "Torino"ga qarshi bahs haqida: "Bu penalti emas, qo'lim pastda edi"
03 noy 2019 10:28
Yangiliklar
De Ligt "Torino"ga qarshi bahs haqida: "Bu penalti emas, qo'lim pastda edi"
"Torino"ga qarshi bahsda yagona golga mualliflik qilgan "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt o'yin haqida fikr bildirdi.
"Juda xursandman. G'alaba juda muhim edi, chunki "Inter" ham zafar quchdi. 1:0 hisobida g'alabaga erishdik, men gol urdim, shu sababli bahs kamina uchun o'zgacha o'tdi.
O'z jarima maydonchamiz ichidagi vaziyatga to'xtalsak. Men shunchaki turgandim va to'p meni topdi. 11 metrlik jarima bo'lmasligini tezda tushundim, chunki qo'lim pastda edi. Qoida bo'yicha, bu penalti emas.

Yangi jamoaga kelsang qiynalishing aniq. Men bilan hammasi joyida, yigitlar meni yaxshi kutib olishdi va o'yindan-o'yinga o'sib boryapman.
Jamoaga foyda keltira olishimni ko'rsatdim deb o'ylayman. Iguain ajoyib golli pas berdi va juda xursandman" - deydi de Ligt.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar