Rasman: Germaniyalik mutaxassis "Neftchi"da ish boshladi
06 dek 2025 07:36
Yangiliklar
Rasman: Germaniyalik mutaxassis "Neftchi"da ish boshladi
Xans-Yurgen Gyode 1956 yilda Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati:
Xans-Yurgen Gyode professional faoliyatini “Shalke-04” klubida boshlagan.
Keyinchalik “Preussen” va “Fortuna Dyusseldorf” jamoalarida to'p surgan.
Ayniqsa, “Fortuna” safida uzoq yillar etakchi futbolchi va sardor bo'lib,
343 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifi bo'lgan.
Murabbiylik faoliyati:
Gyode murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Dyusseldorf”da boshlagan.
Shundan so'ng Eronning “Persepolis” klubini boshqargan, yoshlar termasiga rahbarlik qilgan va qator Osiyo hamda Evropaning turli klublarida faoliyat olib borgan.
Xalqaro tajriba:
U turli yillarda Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, murabbiy O'zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish.
Gyode 2003–2004 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ishlagan. Endilikda u "Neftchi"da Islom Ismoilovga yaqindan ko'maklashadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar