De Bryuyne: "Sog'ayishim uchun 6 oy vaqt ketishi mumkin"
18 iyu 2021 19:22
Yangiliklar
De Bryuyne: "Sog'ayishim uchun 6 oy vaqt ketishi mumkin"
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Daniyaga qarshi o'yinda urgan goli va golli uzatmasidan so'ng o'z holati haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar Ligasi finalida Kevin de Bryuynening burni va ko'z qismi suyagi singan edi. Futbolchi kichik operaciyani boshidan o'tkazdi.
"CHap tomonimda tish shifokori huzuriga tashrif buyurganimdek hech narsa sezmayapman. Asablarim ancha zararlandi va uni tiklash uchun 6 oy vaqt ketishi mumkin. Bu yoqimsiz holat, lekin asosiysi men maydonga tushishim mumkin", — deydi futbolchi.
Evro-2020 2-turida Belgiya terma jamoasi Daniyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Kevin de Bryuyne zaxiradan maydonga tushgandan so'ng, o'yinni jamoasi foydasiga o'zgartira oldi.
Fikrlar