De Bryuyne “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi..mi?
05 okt 2018 22:40
Yangiliklar
De Bryuyne “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi..mi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning matbuot anjumanida malum qilishicha, APL 8-turi doirasida safarda “Liverpul”ga qarshi bahsda belgiyalik futbolchi maydonga tushishi mumkin.
Bu haqda SkySports xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, avgust oyi o'rtasida De Bryuyne jamoasining mashg'ulotlaridan birida tizzasidan jarohat olgandi. Dastlab futbolchining maydonga qaytishi uch oyni tashkil etishi haqida yozilgan bo'lsa, u muddatidan olti hafta ilgari safga qaytdi.
“Liverpul” – “Manchester Siti” uchrashuvi 7 oktyabr kuni “Enfild” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
“Manchester Siti” ayni paytda APL turnir jadvalida 19 ochko bilan birinchi pog'onada bormoqda, “Liverpul” esa xuddi shuncha ochko bilan ikkinchi pog'onani band etgan.
Fikrlar