De Bryuyne: "Liverpul" uchun afsusda emasman"
18 may 2019 16:00
Yangiliklar


De Bryuyne: "Liverpul" uchun afsusda emasman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Liverpul"ga qarshi kechgan APL chempionlik poygasihaqida o'z munosabatini bildirdi.
De Bryuynening aytishicha, u "shaharliklar"ning "Liverpul" ustidan qozongan g'alabasida "Liverpul" uchun afsusda emas.
"Liverpul" uchun afsusdamanmi? Yo'q, afsusdamasman. CHempionlar Ligasini tark etganimizdan so'ng bizga afsuslanishdi deb o'ylamayman. "Liverpul" qanchalik xafa bo'layotganligini tushunaman. Bu buyuk jang bo'ldi. Hali biz yana raqobatlashamiz", - deydi belgiyalik futbolchi.
De Bryuyne uni mavsum davomida bezovta qilgan jarohatlar haqida ham gapirib o'tdi.
"Men bu mavsumda juda ham jiddiy jarohat olgandim. To'liq tiklandim, ammo organizmim bunday o'yinlarga tayyor emasdi".
"Manchester Siti" bugun "Uotford"ga qarshi Angliya Kubogi final bahsini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar