De Bryuyne jarohat oldi. "Arsenal"ga qarshi bahsda o'ynashi so'roq ostida

Narzulla Saydullayev
13 okt 2020, 15:41
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne yaqin vaqtida Belgiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Futbolchi jarohat tufayli terma jamoa ixtiyorini tark etdi. De Bryuyne Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi bahsning (1:2) ikkinchi taymida almashtirilgandi. Uning "Arsenal" bilan o'yinda ishtirok etishi ham so'roq ostida.

"Kevin jarohat oldi demagan bo'lardim. Menimcha u nimanidir sezdi xolos. Bu shunchaki ehtiyot chorasi bo'ldi", – deydi Belgiya ustozi Roberto Martines.

Futbolchi Islandiyaga qarshi bahsga qadar baribir tiklana olmasdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk