De Bryuyne - ECHL finali haqida: "Mag'lub bo'lishni istamayman"
29 may 2021 00:50
Yangiliklar
De Bryuyne - ECHL finali haqida: "Mag'lub bo'lishni istamayman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ECHL doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Barchamiz kurasha olamiz va g'oliblikni istaymiz. Hamma futbolchilar o'yinning qanchalar muhimligini tushunib turishibdi.
Yutsang - qahramonsan, yutqazsang - omadsiz. Ushbu turnirning finaliga chiqish - shunchaki ajoyib. Biroq men mag'lub bo'lishni istamayman.
Finalga chiqish barchaning maqsadi bo'lgan. Yuqori darajada o'yin ko'rsatish - katta g'urur.
Biz qanday darajaga chiqqanimizni barcha tushunib turibdi. Buni tabassum-la qarshi olib, o'zining bor kuchini maydonga tashlashi kerak.
"Borussiya"ga qarshi o'yinlar, PSJ bilan bahsda biz o'tgan yilgi xatolarni takrorlamadik. Ko'rdingizmi, mayda detallar va kichik farqlardan ham katta xatoliklar bo'lishi mumkin", - dedi futbolchi.
Fikrlar