De Bryuyne Anrining rekordini takrorladi
26 iyu 2020 22:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583347_original.jpg)
![](/upload/storage/583347_220.jpg)
De Bryuyne Anrining rekordini takrorladi
Angliya chempionati so'nggi turi doirasida “Manchester Siti” o'z maydonida autsayder “Norvich”ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda har safargidek faol harakat qilgan mezbonlar etakchisi Kevin de Bryuyne dublga erishdi va Rahim Sterlingning goliga hammualliflik qildi.
Kevin chempionat joriy mavsumidagi assistlari sonini 20 taga etkazib, Terri Anrining rekordini takrorladi. Anri “Arsenal” safida 2002/03 yilgi mavsum xuddi shuncha pasni o'z hisobiga yozdirgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar