So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  13 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

Davronjon Ergashev: Ikkinchi davrani munosib tarzda o'tkazamiz Yangiliklar

Davronjon Ergashev: Ikkinchi davrani munosib tarzda o'tkazamiz

Minsk yig'ini to'g'rida jamoamiz sardori Davronjon Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.

-  Minsk shahriga etib kelganimizga va mashg'ulotlarni boshlaganimizga bir hafta bo'ldi. Har kuni ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Ertalab futbolchilarga jismoniy yuklamalar berilayotgan bo'lsa, kechki mashg'ulotda asosan to'p bilan ishlab, texnik-taktik tayyorgarlikka etibor qaratilmoqda. Yig'in doirasidagi ilk nazorat o'yinimiz Belarusning etakchi jamoalaridan biri «Energetik BGU»ga qarshi o'tkazildi. Murabbiylarimiz mazkur o'yinda yig'inda qatnashayotgan barcha futbolchilarga imkoniyat berdi. CHunki Superliganing birinchi davrasidagi so'nggi o'yindan keyin nazorat bahsida ham maydonga tushmagandik. Tarkibdagi barcha o'yinchilarning holatini bilish uchun «Energetik BGU»ga qarshi bahs kerakli edi. Garchi yig'in vaqtida ikki mahal mashg'ulot o'tkazayotgan bo'lsakda, o'rtoqlik o'yinida barcha jamoadoshlarim borini berib harakat qildi. Sardor sifatida shaxsan menga maydonga tushgan barcha o'yinchilarning harakatlari maqul keldi. 

-  Agar imkoniyat bo'lsa nafaqat qishki, balki yozgi yig'inni ham xorijda o'tkazishning foydali tomonlari juda ko'p. Oddiy misol, Minsk yig'in uchun juda qulay shahar. Ayniqa, ob-havosi bilan. Qolaversa, Belarus UEFAga azo hisoblanadi. Klublari Evropa musobaqalarida ishtirok etadi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, bunday raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish har qanday jamoa uchun faqat va faqat foydali bo'ladi.

-  Muxlislarga nima deyishim mumkin? «Bunyodkor»ning sodiq va qadrdon ishqibozlariga bir narsani ayta olaman, mavsumning ikkinchi qismini birinchisiga nisbatan yaxshiroq o'tkazishga, CHempionlar ligasi uchun beriladigan yo'llanlarning biriga ega chiqishga harakat qilamiz. Buning uchun biz futbolchilar qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz!

-  Sardor sifatida bizga shunday yig'inni tashkillashtirib bergani uchun klub rahbariyatiga jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Biz bunday etiborga natijalarimiz orqali munosib tarzda javob beramiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика