Davron Hoshimov: "Raqibni sinchikovlik bilan o'rganib chiqqandik"
30 mar 2016 00:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203125_original.jpg)
![](/upload/storage/203125_220.jpg)
Davron Hoshimov: "Raqibni sinchikovlik bilan o'rganib chiqqandik"
O'zbekiston terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov Bahraynga (1:0) qarshi kechgan bellashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bahraynni juda yaxshi o'rganib chiqqandik. Ular ishtirokidagi video materiallarni ko'rib, ularni sinchikovlik bilan o'rgangan edik. Bahrayn ancha shakllangan, istalgan jamoaga uchun noqulay raqib bo'lishi mumkin. Muhimi o'zbekistonlik millionlab muxlislarga g'alabani taqdim etdik. Bugun o'z o'yinimni ko'rsata oldim deb o'ylayman. Qanotimdagi raqibni zararsizlantirishda ortiqcha muammoga duch kelmadim. O'yinimdan qoniqdim. SHu o'rinda stadionga kelgan barcha ishqibozlarga ajoyib muhim va chiroyli muxlislik uchun tashakkur bildiraman", - dedi Davron Hoshimov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar