So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  0 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  2 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8

Davron Fayziev: “Men o'z jamoamni taniy olmayapman” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Men o'z jamoamni taniy olmayapman”

“Dinamo” – “Qo'qon-1912” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalambor, Qurbon hayiti bilan barchani tabriklayman. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, kayfiyat juda yomon. Sababi, men o'z jamoamni taniy olmayapman. Ketma-ket to'rtinchi o'yinda ham mag'lubiyatga uchrayapmiz, bu safar ham juda alamli mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldik.

Yigitlarimizda o'zlariga nisbatan ishonch yo'qolgandek yoki futbolchilarimiz o'zlarini raqibdan ustun qo'yotgan bo'lishi mumkin. Bugungi uchrashuv 6 ochkolik emas, hattoki 9 ochkolik bahs edi. Bizga ham, raqiblarimizga ham bugun g'alaba juda zarur edi. Mag'lubiyat uchun uzr so'rayman, bunda murabbiy sifatida aybdorman. Kamchiliklarni bataraf etib, o'z holimizga qaytishimiz shart.

Afsuski, oldingi turlarda bo'lgani kabi, raqiblar yarimta imkoniyatni golga aylantirishmoqda, biz esa qator golli vaziyatlardan foydalana olmayapmiz, axir men murabbiy sifatida maydonga tushib gol ura olmayman, yigitlar o'z mahoratlarini ishga solib, o'z ustlarida yanada ko'proq ishlab, gol urishlari lozim. Mehmonlar vaziyatdan foydalanishdi, biz esa yo'q. Mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Omad ham biz tomonda emasdi. Xuddiki bizni sehrlashgandek, darvozaga kirishi kerak bo'lgan to'p ham golga aylanmayapti.

Yigitlarimizni shijoat va harakatiga etirozim yo'q, shunchaki bazida oddiy vaziyatlarda bolalarcha yo'l qo'yilayotgan xatolarni ko'rib, Superliga futbolchilariga bunday xato qilish yarashmaydi, deysiz.

- Davron aka, “Dinamo” 20 daqiqacha bir kishi ko'p bo'lib o'ynadi. O'shanda jamoa oldida qanday o'ylangan reja bor edi?

- Rejamiz uzun masofadagi paslar orqali emas, kichik uzatma va kombinaciyalar orqali raqib jarima maydonida bosim yaratish edi. Bunda qanotlardan ko'proq paslar kerak edi. Ammo bir kishi kam o'ynayotgan jamoa himoyasiga qanotlardan bosim qila olmadik. SHu bois, men bu jamoamni taniy olmadim deyapman. Jamoa ko'rsatmalarimni bajara olmadi, tayyorgarlik, mashg'ulotda umuman boshqa jamoa edik, maydonga tushib esa o'ylangan rejalarni bajara olmadik.

- Futbolchilar raqibga to'pni oson berib qo'yishmoqda. Oddiy vaziyatlarda futbolchilar bir-biriga og'zaki yordam berib, “podskazka” bermayotgandek...

- Hattoki men siz bilan futbol o'ynasam ham, oldingda yoki orqangda futbolchi bor, shoshilma, to'xta deb aytib turaman. So'nggi uchta o'yinimizni ko'rib chiqib, menda shunday taassurotki, xuddiki futbolchilarimga kimdir maydonda umuman gaplashma deb ruxsat bermayotgandek, maydondagi oddiy ish jarayonida kamchiliklarga yo'l qo'yapmiz. Bu men uchun katta muammo, bu menga bayramona kayfiyatda bo'lishimga yo'l qo'ydirmay, asabiylashtirmoqda. Raqib jamoa bizdan bir bosh baland bo'lib yutqazsak – tushunaman, ammo bugungidek alamli mag'lubiyatni hazm qilish qiyin.

- Sizni vaqtida tajribali himoyachi sifatida bilardik. Tajribali futbolchilarning ham muhim pallada pand berishayotgani bugun ko'rindi. Xatolarni tahlil qilib chiqasizmi?

- Albatta. Ayniqsa, o'yin boshlanishi bilan raqib hujumchisi uchta futbolchimiz orasidan darvozamizga qanday gol urib ketdi, haligacha tasavvurimga sig'dira olmayapman. Siz jurnalistlar oldida ham aytaman, tarkibga hech kimga joy kafolatlanmagan. CHindan ham mana shunday pallalarda ularning tajribasi qo'l kelishini o'ylagandim. Ammo bu futbol, futbolda hamma o'ylaganingiz ham amalga oshavermaydi. Bugun tarkibda ko'p o'zgarishlar qilishim mumkin edi, ammo afsuski faqat uchta o'zgartirish imkonim bor edi.

Damir Temirovni vaqtli o'zgartirishim sababi? Uni “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda qanday o'ynaganligi bilan bugun dastlabki 25 daqiqada qanday to'p surganligini ko'rdingizmi? Oyog'iga bitta to'p ham ololmadi. Yoshlarimizga ham barqarorlik kerak. “Lokomotiv”ga qarshi ham, bugun ham raqibdan ko'p imkoniyat yaratdik, ammo biz gol ura olmay, raqiblarimiz gol urib ketishmoqda. Bu mehnatlarimiz samara bermasligi juda alamli.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика