So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Davron Fayziev: "Jamoaning maqsadi o'zgarmaydi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Jamoaning maqsadi o'zgarmaydi"

Yaqinda “Qo'qon-1912” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Davron Fayziev, klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Davron Oripovich jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz.

- Assalomu alaykum, tabrik uchun rahmat. Jamoa rahbariyatining qaroriga ko'ra jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandim. Bilasiz bunga qadar jamoadan Baxtiyor Ashurmatovga yordam berib kelayotgandim. Baxtiyor Azamovich jamoani tark etgach, jamoani boshqarish vazifasi menga yuklatildi. Jamoada hamma futbolchilar hamda xodimlar bilan shu kunga qadar birga ishlab kelayotganimiz uchun ishga kirishib ketishda muammo bo'lgani yo'q, xuddi avvalgidek ishlashda davom etyapmiz. Farqi shuki bundan buyog'iga katta masuliyat bo'ynimizda va jamoaning natijalariga bevosita javob beraman. To'g'ri  hozirgi vaziyatda turnir jadvalidagi xolatimiz ko'ngildagidek emas. Lekin hali barchasi o'z qo'limizda, vaziyatni o'nglash imkonimiz bor, demak bundan buyog'iga bo'sh kelmasdan astoydil ishlashimiz kerak bo'ladi.


- Jamoa rahbariyati sizga qanday maqsad va vazifalarni yukladi ?

- Jamoamizning yil boshidagi maqsadi o'zgarmaydi.  CHiroyli futbol ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilish. Albatta turnir jadvalida o'tgan yilgidan ko'ra yuqori bo'lgan o'rinni egallash. Ichki imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalangan holda asta-sekin jamoani yoshartirish. Kelgusida mavsumga bu yildan tayyorgarlik ko'rib borgan holda, keyingi yilda oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yish yo'lida ish olib boramiz. 


- Jamoa murabbiylar shtabida hamda futbolchilar tarkibida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

- Murabbiylar shtabida hozircha Xislat CHilmatov hamda Islomjon Musulmonovlar yordam berib turishibdi. SHtabimizni mahalliy murabbiylar hisobiga to'ldirish maqsadimiz bor. Muhsin Nizomiddinov hamda Aziz To'xtaboevlarni asosiy tarkibga jalb qilmoqchimiz. 

Futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsam, albatta o'zgarishlar bo'ladi, lekin u qadar katta emas. CHunki reglamentga binoan bor yo'g'i 5 ta futbolchini tarkibga jalb etish imkoniyatiga egamiz. Eng birinchi navbatda hujum chizig'ini kuchaytirishimiz lozim.  Hozirgi kunda ikki nafar hujumchi jamoa mashg'ulotlariga jalb qilingan, bittasi muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan SHohnazar Norbekov hamda bir nafar nigeriyalik legioner hujumchi Longji Song ni mashg'ulotlarga jalb qildik.  Toshkentdagi yig'in davomida bu hujumchilarni tarkibda qolish qolmasligi haqida so'nggi qarorga kelamiz. Jarohati sabab 1-davrani o'tkazib yuborgan hujumchimiz Xamiddilo Abduxamidov ham mashg'ulotlarga qo'shilgan. Himoya va yarim himoya chizig'imizga ham yangi futbolchilar jalb qilish rejamizda bor , selekciya ishlari davom etmoqda.


- 2-davraga tayyorgarlik rejasi haqida gapirib bersangiz

- Ikkinchi davraga tayyorgarlikni 10 iyul kunidan boshlaganmiz. 23 iyulga qadar Do'rmon posyolkasida mashg'ulotlarni olib boramiz. Bu yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni reja qilganmiz. Dastlabkisi Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi, 18 iyul kuni o'tkaziladi. Yig'in so'nggida esa yana bir nazorat uchrashuvini o'tkazamiz va futbolchilarga qisqa  muddatli hordiq beramiz. Undan so'ng  Qo'qon shahridagi qarorgohimizda to'planib , ikkinchi davraning birinchi turi doirasidagi “Neftchi”ga qarshi “derbi”ga hozirlik ko'ramiz. Qo'qondagi yig'in davomida ham bitta o'rtoqlik o'yini tashkil qilish rejamizda bor va bu o'yinni tashkil etish uchun  mutaxassislarimiz ish olib borishmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика