So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  0 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Davron Fayziev: “Dinamo”ning maqsadi endi finalga chiqish” Yangiliklar

Davron Fayziev: “Dinamo”ning maqsadi endi finalga chiqish”

O'zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasidagi “Dinamo” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Davron Fayziev o'yin haqida to'xtaldi.

- Bugungi uchrashuvda “Dinamo” ham, “Andijon” ham faqat g'alaba uchun intildi. Raqiblarimiz “Andijon” jamoasi ham 90 daqiqa maydonda kurash olib borishdi. Yarim final yo'llanmasi uchun bahs bitta uchrashuvdan iborat ekanligi bois, jamoalar ilk taymda ehtiyotkor, ikkinchi bo'limda esa tavakkal qilishga majbur edim. Zero, uyda o'ynayapmiz, gol urmasdan yutishni iloji yo'q faqat va faqat oldinga borishimiz kerak edi va Bahodir Nasimov ikkita goli bilan zaxiradan tushib ishonchni oqladi. G'alaba uchun butun jamoaga rahmat deyman.

O'yin 90 daqiqa davom etdi va yigitlar oxirigacha kurashishdi. Muxlislarimiz ham “12-o'yinchi” sifatida bizga katta kuch berishdi va yakunda yarim final yo'llanmasini hal etdik.

Biz kubok bahslariga yilni boshidan jiddiy etibor qaratayapmiz, deya olaman. Endi yarim finalga chiqdik va bir qadamdan keyin finalga chiqishimiz mumkinligini yigitlarimiz ham to'g'ri tushunib turishibdi. Finalgacha bir qadam qolganda orqaga chekinish yo'q. Oxirigacha kurashamiz. SHota Arveladze o'tgan turda “Paxtakor”ning trebl qilish uchun kurashishi haqida aytdi. SHunga qaramay, biz ham kuchimizga ishonib, dastlab yarim finaldan o'tishga intilamiz. Hozircha maqsadimiz finalga chiqish. Undan keyin nima bo'lishi esa faqat Xudodan.

Usmon Ibodov yozib oldi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика