So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  3 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  8 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

Davron Fayziev: "Anvar Berdiev "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lgani haqidagi xabarlar bo'lmagan gap" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Anvar Berdiev "Buxoro" bosh murabbiyi bo'lgani haqidagi xabarlar bo'lmagan gap"

Bugun "Buxoro" bosh murabbiyi Davron Fayziev bilan jamoa atrofida bo'lib turgan turli xil gap so'zlarga oydinlik kiritish maqsadida suhbatlashdik.

- Jamoamizning navbatdagi Buxorodagi yig'inida ishtirok eta olmaganingiz, jamoamiz muxlislari orasida turli xil mish-mishlar urchishiga sabab bo'ldi. Bunga oydinlik kiritsangiz?

- Qisqacha gapimni muxtasar qilib aytsam, menda jamoani tark etish niyati bo'lmagan, rahbariyat bilan yaxshi aloqadaman. Mana shu vaqtlar ichida oilaviy muammolar bo'lib o'tdi, yani onamni salgina mazalari bo'lmay qoldi, bu orada bilasiz yaqinda PRO licenziyasi o'quv-kurslarining oxirgi yakuniy bosqichi bo'lib o'tadi, nasib qilsa 15 martga qadar o'qishim ham yakunlanadi. Pandemiya sababli o'qish muddati ham cho'zilib ketgan edi. SHu sabablar bilan uyda ozgina ushlanib qoldim. Bu haqda klub rahbariyatidan 3-4 kunga ruxsat so'ragan edim.

Bu orada Anvar Berdiev klubda Davron Fayziev o'rniga bosh murabbiy bo'ldi, degan mish-mishlar chiqib ketdi, bu bo'lmagan gap!

Muxlislardan bir narsani iltimos qilardim, har xil asoslanmagan xabarlarga ishonishmasin, yordamchi murabbiy lavozimiga Anvar Berdiev variantini o'zimiz, klub rahbariyati bilan kelishib bir to'xtamga kelgan edik. Anvarni nomzodini yordamchi sifatida o'zim tanlab olganman. Qanaqadir tushunmovchilik sababmi bilmayman, ayrim internet nashrlarda noto'g'ri malumot ketib qolib, bu muxlislar orasida shubha va gumonlarni urchitgan. Men yana bir bor jamoamiz muxlislaridan bosiqlik bilan ushbu vaziyatni to'g'ri tushunishlarini so'rardim, ularga hurmatim cheksiz.

"Istiqlol" klubiga o'z tashakurimni bildiraman, Berdiev va Lebedev nomzodlarini bizga yordamga kelishlariga to'sqinlik qilmaganlari uchun. Biz hammamiz bu erga "Buxoro" jamoasini superligaga qaytarish uchun eng shimarib ishga kirishganmiz. Suxrob Qobilov va Mirislom Hasanov ham biz bilan birga o'z vazifalarini, mana shu klubda davom ettirishadi. Ular klubning kelajakdagi murabbiylari hisoblanishadi, kim kelishidan qatiy nazar ular jamoada qolishadi. Biz katta bir ahil oila bo'lib, maqsad sari intilyapmiz.

- Nega, aynan Anvar Berdiev nomzodiga to'xtaldingiz?
- Anvar Berdievni tanlashimizdan maqsad, hujum chizig'imizda vaziyatlar juda ko'p yaratilyapti, lekin undan foydalanish koeffisienti juda pas. Bilasiz Anvar o'z vaqtida mamlakatimizdagi iqtidorli hujumchilardan biri edi, u menga hujumchilarni tanlashda yordam beradi, qolaversa ularni malakasini oshirib boradi.

- Siz bilan suhbatni ayni damda Buxoro shahrida olib boryapmiz.
- Sizni tushundim! Ayni paytda Buxorodaman, men xech qaerga ketganim yo'q, ketish niyatim ham bo'lmagan. Faqat ayrim bir ommaviy matbuot nashrlarning shoshqaloqligi bilan noto'g'ri xabarlar chiqib ketgan xolos. Men bu erda xech qanday muammo ko'rmayapman. Nasib qilsa biz hammamiz bir ahil oila bo'lib, bir maqsad sari intilib harakat qilamiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика