Davron Fayziev: "Yaqin kunlarda istefoga chiqmoqchiman"
26 apr 2014 19:03
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Yaqin kunlarda istefoga chiqmoqchiman"
"Navbahor" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi matbuot anjumani men uchun "So'g'diyona" bosh murabbiyi lavozimidagi oxirgi matbuot anjumani bo'lishi mumkin. Sababi yaqin orada men istefo so'rab ariza yozmoqchiman. Sababi natija yomonmi demak murabbiy aybdor, barcha aybni o'z bo'ynimga olaman", - deb gap boshladi Fayziev.
"O'yin haqida nima deya olaman, belgilangan penalti futbolchilarimni ruhan sindirib qo'ydi. Sababi bu yil jamoam birinchi bo'lim gol o'tkazib yuborsa ruhan tushkunlikka tushib qolmoqda. Jamoa muammolarini qanchalik tez bartaraf etsa natija shunchalik tez keladi. O'zimizning xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. O'yin borasida "Navbahor" bizdan ustun bo'lmadi, faqat omad evaziga raqib g'olib bo'ldi. Bugun ikki teng jamoa kurashdi".
"Jamoada moliyaviy muammolar hamon bor. Biz oliy liga klublaridan o'yinchi olib kuchaymadik, aksincha bizdagi asosiy o'yinchilar boshqa klublarga o'tib ketishdi. Bir yilda jamoa tuzib bo'lmaydi. "So'g'diyona" bunchalik og'ir ahvolga tushib qoladi deb o'ylamagan edim", - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar