So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  37 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Davron Fayziev: Oliy ligaga qaytish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz Yangiliklar

Davron Fayziev: Oliy ligaga qaytish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz

So'g'diyona - Qizilqum uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun ancha qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tdi. Futbolchilar maydonning har bir erida so'nggi daqiqalargacha kurash olib borishdi. Bir necha golli vaziyatlar bo'ldi. Biroq hujumchilarimizda tajriba etishmadi. Mavsumni g'alaba bilan yakunlaganimizdan xursandman.

- Afsus jamoamiz oliy ligani tark etdi. Menimcha biz bunga loyiq emasdik. Mavsum davomida o'z uyimizda yo'qotilgan qimmatli ochkolar mavsum so'nggida o'z so'zini aytdi. O'sha Buxoro, Mashal, Dinamo, Olmaliq jamoalariga qarshi kechgan Zomindagi o'yinlarda kerakli natijalarga erishganimizda ahvolimiz hozirgidek bo'lmasdi. Hamma aybni o'z bo'ynimga olaman. Mehmondagi o'tkazgan o'yinlarimizni kuzatgan muxlislar, mutahassislar menimcha So'g'diyona haqida salbiy fikrda bo'lmasalar kerak.

- Jamoani o'zagini saqlab qolgan holda ishlashda davom etamiz. Bu futbol. Hayot davom etadi. Biz albatta oliy ligaga qaytish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Ortga esa yo'l yo'q. Yana bir achinarli tomoni: Yangi stadionni birinchi ligada qarshi olishimiz. Menimcha buni ham hech kim xohlamagandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика