Davron Fayziev: Biz kurashishda davom etamiz!
22 iyu 2014 15:05
Yangiliklar
Davron Fayziev: Biz kurashishda davom etamiz!
Qizilqum - So'g'diyona (1:0) uchrashuvidan keyingi fikrlar.
Uchrashuvdan keyin tashkillashtirilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida So'g'diyona jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev qatnashdi.
- Qizilqum jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun barcha guvoh bo'ldi maydonda haqiqiy jang bo'ldi. Men uchinchi yil jamoada ishlayotgan bo'lsam, jamoam ko'rsatayotgan o'yindan uyalmayman. Hozir man futbolchilarimni tinchlantirib matbuot anjumaniga kirdim. Lekin butun jamoamiz bilan bugun faqat g'alab qozonish ruhida va maqsadida maydonga tushgandik. Bu futbol. Hayot davom etadi. Mag'lubiyatni ham tan olish kerak. Hisob bugungi o'yinga mos emasdi. Biz mag'lubiyatga uchraydigan o'yin namoyish etmagandik. Biz ishlashda, kurashishda davom etamiz. So'g'diyona oliy ligada qatnashish uchun to'laqonli haqi bor. PFL reglamentlariga to'laligicha amal qilamiz. Hatolarga yo'l qo'yganimiz yo'q. Faqatgina bir muammo - buni deyarli hamma biladi, moliyaviy tomonlama nochorroqmiz. Bu yilgi mavsumda Qizilqum jamoasi ko'plab jamoalarga bosh og'riq, chaqilmas yong'oq bo'lib kelmoqda.
- Oldinda ikkinchi davra turibdi…
- Ha shunday. Oldinda ikkinchi davra o'yinlari bor. Jo'jani kuzda sanash vaqti boshlanadi. Ochko jamg'arishda davom etamiz. Agar solishtiradigan bo'lsak So'g'diyonada o'tgan yili Qizilqum jamoasi ko'rsatgan natijaga o'xshash holat bo'lmoqda. So'g'diyona oliy ligada o'ynashga haqli. Bizda bir kamchilik bor. O'z stadionimizga ega emasmiz. Zomindagi stadionda ijara asosida o'ynab kelayapmiz. Jizzax shahrida yangitdan qurilayotgan stadionimiz foydalanishga topshirilsa ijobiy tomonga o'zgarishlar boshlanadi, degan umiddaman.
- Jamoani oliy ligada saqlab qolish bo'yicha choralar ko'rilayaptimi?
- Ha, albatta. Yaqinda o'z qarorgohimizga Jizzax viloyat hokimi Sayfiddin Ismoilov tashrif buyurib, barcha shart-sharoitlar, vaziyat bilan tanishib, jamoa azolari bilan suhbatlashdi. Bu yilga asosiy maqsadimiz yana oliy ligada o'rnimizni saqlab qolish. Bizning shahrimizda so'nggi vaqtlarda katta bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Hozirda viloyat rahbariga ham oson emas. Jamoaga ajratilgan aynan bironta homiy yo'q. Bosh homiy viloyat hokimligi hisoblanadi.
- Himoya yoki boshqa chiziqlarga legioner futbolchilar taklif qilinsa bo'lmasmidi, darvozabondan ko'ra?
- Agar bizda iqtisod tomonlama jamoamiz yaxshiroq ahvolda bo'lganda olardik legioner futbolchilarni. Biz darvozabonimizni muhtojlikdan taklif qilganmiz. O'zbekistonda ishonchli o'yin ko'rsata oladigan darvozabon kam. SHu uchun darvozabonlarning barchasi o'z jamoalarini topib bo'lishgan. Men legionerlarni jamoaga taklif qilish imkoni bo'lganda ham, oldin ularning mahalliy o'zimizning futbolchilardan ustun tomonlarini o'rganib chiqqan bo'lardim. Olgandan keyin, haqiqiy kuchli legioner olish kerak. Agar legioner futbolchi mahalliy futbolchilar singari tajribaga ega bo'lsa, unda ularni keragi yo'q. O'zimizning mahalliy futbolchilarga jiddiy etibor qaratib, 1-2 yil yaxshi tarbiya berilsa, o'zimizda ham ajoyib futbolchilar etishib chiqadi. Hozirda chempionatimizda bir tekis, yaxshi o'yin ko'rsatayotgan legionerlardan Kaxi Maxaradze, Boyan Miladinovich, Gevorkyanlarni inobatga olmasak, boshqa kuchli legionerlarni ko'rmayapman.

Fikrlar