Davron CHoriev: "Hisobni saqlab qolishga uringanimizni raqib uchta gol bilan jazoladi"
25 mar 2021 19:00
Yangiliklar
Davron CHoriev: "Hisobni saqlab qolishga uringanimizni raqib uchta gol bilan jazoladi"
Olmaliqning AGMK klubi futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining navbatdagi turida "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi (2:3).
Ushbu bahsdan so'ng olmaliqliklarning tajribali o'yinchisi Davron CHoriev saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda gol urib hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng erta xotirjamlikka berildik. Buning natijasida jazolandik. Ikkinchi bo'limda ko'proq himoyada o'ynashimiz raqibga qo'l keldi va uchta gol urdi. Bugun haqiqiy finalga hos o'yin bo'ldi, deya olaman. SHiddat, temp va muhit yuqori darajada bo'lganini ko'rdingiz. O'yinimizni pasayishga o'zimiz aybdormiz, hisobni ushlab qolish uchun harakat qildik. Lekin bu foyda keltirmadi. Qizil kartochkalar, follar ham o'yinning borishini qaysidir manoda o'zgartirib yubordi",- deydi CHoriev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
Fikrlar