Davron Choriev: "Osiyo chempionatida bosh maqsad faqat chempionlik"

Iskandarov Abdulaziz
13 sen 2022
O'zbekiston futzal terma jamoasi o'yinchisi Davron Choriev bugun bo'lib o'tgan Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yin kutilmagan bo'ldi. Iroq terma jamoasini bundanda yaxshiroq qarshilik ko'rsatishini kutgandim. Bizda barchasi o'xshadi. Murabbiylarni ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik, deb o'ylayman. Xato va kamchiliklar yo'q emas. Ularning ustida ishlaymiz. Navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Davron Choriev.

- Iroq o'yinini yaxshilaganmi? 

- Men ko'rgan oxirgi ko'rgan Iroq terma jamoasi kuchli edi. Raqib so'nggi daqiqalarda katta kuch bilan hujumga o'tdi. Tarkibimizda yoshlar ham to'p tepganini aytish joiz.

- Ma'lum vaqt terma jamoada ko'rinmadingiz. Ayni paytda holatingiz  qanday?

- Jarohatimni davoladim. Jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratamiz. 

- Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ispaniyalik murabbiy keldi. Sizningcha bu kech emasmi?

- Kech ham, vaqtli ham emas. Xudo xohlasa Osiyo chempionatida bu murabbiyning foydasi tegishiga ishonaman. Musobaqada bosh maqsad faqat chempionlik. 

Jahongir Fayzullaev suhbatlashdi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia