David Silva "Lacio"ga o'tishga yaqin

Alisher
6 avg 2020, 13:13
24 avgustda "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachi David Silva "Lacio" o'yinchisiga aylanishga yaqin.

34 yoshli ispaniyalik futbolchining Rim klubi bilan muzokaralari yakuniy bosqichda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Lacio" xavbekka 3 yillik shartnoma va bonuslardan tashqari yiliga 3 million evro maosh taklif qildi.

Klub prezidenti Klaudio Lotito Silva bilan yaqin kunlarda kelishuvga erishilishiga ishonmoqda.

Oldinroq, yarim himoyachiga BAAning "Shabab Al Ahli" va "Al Nasr" klublaridan ham taklif bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira