David Luizning "Arsenal"dagi taqdiri hal bo'ldi
14 may 2021 22:14
Yangiliklar


David Luizning "Arsenal"dagi taqdiri hal bo'ldi
"Arsenal" markaziy himoyachisi David Luiz klubdan ketishga qaror qildi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi 30 iyun kuni yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmasligini klub rahbariyatiga malum qilgan. 34 yoshli braziliyalik qaysi jamoaga o'tishi borasida bir qarorga kelmagan.
Luiz 2019 yilning avgustidan buyon "Arsenal" tarkibida 73 o'yinda 4 gol va 1 assist amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar