David Luis PSJga qaytishi mumkin
23 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
Braziliyalik futbolchiga u 2014-2016 yillarda harakat qilgan "Pari Sen-Jermen" klubi qiziqish bildirmoqda.
Parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi himoyachining muxlisi hisoblanadi, shu sabab u transferni amalga oshirishga tayyor. Ammo, PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Luisni mudofaada ko'p xatoga yo'l qo'yadi deb hisoblaydi.
David Luisning o'zi oilasiga yaqin bo'lish uchun Braziliya chempionatiga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda.
Fikrlar