So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  5 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Dastlabki jiddiy o'yin Yangiliklar

Dastlabki jiddiy o'yin

Saytimiz jurnalisti SHahboz Beg'amov O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yangi murabbiylar shtabining ishiga xulosa beradigan dastlabki uchrashuv.

Xavfsirayotgan nuqta: Markaziy himoya.

Ko'ngil to'q nuqtamiz: Qanot va hujum.

Doim barqaror va tanlov keng nuqta: Yarim himoya.

O'yin ahamiyat jihatdan Saudiya Arabistoni uchun nisbatan muhimroq va bu raqibga qo'shimcha bosim beradi. Aynan shundan va uydagi “devorlarimiz” — muxlislar ko'magidan maksimal foydalanish lozim.

Bugungi g'alaba guruhdagi vaziyatni biz uchun keskin yumshatadi.

Raqibda o'yin sifati Osiyo Kubogiga nisbatan tushgan. Bizda esa aksincha, o'sish kuzatilgan.

Saudiyaning mudofaa chizig'ida muammolar etarli. Biz esa faqat qanot orqali hujumni keskinlashtiryapmiz. Agarda raqib bu “nuqtamiz”ni zararsizlantirsa, unda markaz orqali yo'l izlashga to'g'ri keladi. Markazdan hujum tashkil etishda esa hozircha maqtana olmaymiz.

Saudiya Arabistoni terma jamoasini yutishga bo'lgan immunitet avvaldan shakllangan va bu jamoani qanday yutishni bilamiz. SHu boisdan ham ortiqcha havotir yo'q.

Havo sovuq, lekin O'zbekiston termasiga dalda bo'lish va milliy jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionni to'ldirish lozim.

Olg'a va omad, O'zbekiston!", - deb yozadi SHahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida. 


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика