So’nggi yangiliklar

23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  0 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  0 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  48 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24 21:10Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  4 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  18 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  4 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4

Dastlabki davraning 7 kashfiyoti Yangiliklar

Dastlabki davraning 7 kashfiyoti

Oliy Liga birinchi davrasi bizga bir qator iqtidorlarni taqdim etdi.

Bungacha hech kim tanimagan bu futbolchilar aynan birinchi davradan keyin muxlislar etiboriga tushdi. Erudit Sport gazetasi davraning etti nafar kashfiyot futbolchilari haqida maqola elon qilarkan, bu futbolchilar toifasiga Dinamo azosi Otabek Zokirovni ham kiritdi.

JAVOHIR SOHIBOV (Paxtakor)

Har yili “Paxtakor”da yosh istedodlar etishib chiqishi odatga aylanib bormoqda. Vladimir Kozak, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov kabi iqtidorli o'yinchilardan keyin mana endi bu yil Javohir Sohibov ko'zga ko'rinib bormoqda. Tayanch yarimhimoyachisi vazifasida harakat qiladigan Sohibovga Odil Ahmedovning vorisi sifatida qarashmoqda. 19 yoshli bu futbolchi birinchi davrada “Paxtakor”ning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. Sohibov yoshlar terma jamoasi bilan Jahon CHempionatida ishtirok etdi va Mundialda sardorlik masuliyatini o'z zimmasiga oldi. Javohir birinchi davrada Oliy Ligadagi dastlabki golini ham kiritdi. “SHo'rtan” bilan bahsda (2:1) u raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Bir so'z bilan aytganda, Samvel Babayan yana bir iqtidorni kashf qildi.



IKROM ALIBOEV (Lokomotiv)

Temiryo'lchilar asosan tajribali o'yinchilarga tayangan jamoa ekanligi hech kimga sir emas. Ammo Vadim Abramov yoshlarni ham etibordan chetda qoldirmaydi. Temur Kapadze, Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev, Oleg Zoteev singari mahoratli futbolchilar orasida yosh Ikrom Aliboev asosiy tarkibga kirishni uddaladi. Abramov unga maydon markazida ishonch bildirdi va futbolchi buni oqlay oldi. Qolaversa, OCHLda ham debyutini o'tkazdi. Ikrom chempionatda “Paxtakor” darvozasiga muhim golni urdi, OCHLda ham to'p kiritdi. Aliboev qisqa vaqt ichida milliy terma jamoa murabbiylari etiboriga tushdi. Mirjalol Qosimov uni tarkibga jalb qildi. Ikrom Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida va KXDR termasi bilan bo'lgan rasmiy o'yinda maydonga tushdi.



ODIL HAMROBEKOV (Nasaf)

Qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev so'nggi yillarda yoshlarga ham katta urg'u bermoqda. SHohruh Gadoev, Farrux Sayfiev, Eldor Suyunovdan keyin mana endi Odil Hamrobekov ham ko'zga tashlanmoqda. O'tgan mavsumlarda Berdiev bu futbolchiga maydonga qisqa vaqtga tushirib, o'ynash imkonini berardi. Bu yildan esa Hamrobekov “Nasaf”ning asosiy o'yinchisiga aylandi. Natijada tajribali Ilhom Yunusov ham zaxiraga o'tirib qoldi va birinchi davradan keyin boshqa klubga ijaraga berildi. Bu esa Hamrobekov ishonchni oqlayotganidan dalolatdir. Odil ham Yangi Zellandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida ishtirok etganini ham aytib o'tish joiz.

DOSTON HAMDAMOV (Bunyodkor)

Ilgari katta mablag'lar sarflab yulduzlarni sotib oladigan “Bunyodkor” jamoasi endi akademiyaga ham etibor qaratishni boshladi. SHuningdek, o'z o'yinchilarini chetga yaxshi summaga transfer qilishni ham boshladi. Sergey Lushan yoshlarga ishonch bildirayotgani o'z samarasini ko'rsatmoqda. Sardor Rashidovdan keyin mana endi Doston Hamdamov “Bunyodkor”ning asosiy figurasiga aylansa, ajabmas. O'tgan yili Oliy Ligada debyut qilgan Hamdamov bu mavsumda yanada o'sishga erishmoqda. Jahon CHempionatidan Doston yanada kuchga to'lib qaytdi va birinchi davra oxirlarida “Qaldirg'ochlar”ga ko'proq foyda keltirdi.



OTABEK ZOKIROV (Dinamo)

Samarqandliklar birinchi davrani barqaror o'tkazishmagan bo'lsa-da, Tachmurod Agamurodov yoshlarga o'zini ko'rsatish imkonini berdi. SHunday o'yinchilardan biri Otabek Zokirov birinchi davrada iliq taassurot qoldirdi. Deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan Zokirov raqiblar darvozasiga 3 ta to'p kiritdi va yana shuncha golga hammualliflik qildi. Ayniqsa, “Andijon” jamoasi bilan bo'lgan bahsda Zokirovning goli “Dinamo”ga muhim g'alabani taqdim etdi. Ana shu o'yindagi g'alaba tufayli samarqandliklar birinchi davrani 12-pog'onada yakunlashdi.

ELDOR SHOMURODOV (Bunyodkor)

Sergey Lushanning Bunyodkordagi islohotlari yangi yosh futbolchilarni taqdim etmoqda. Doston Hamdamovdan tashqari Eldor SHomurodov ham birinchi davra kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Vohalik yosh hujumchi Qaldirg'ochlar safida Oliy Liga va Osiyo CHempionlar Ligasida o'zini ko'rsatgan bo'lsa, yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida ham o'z gollari bilan muxlislar etiboriga tushdi.



SAIDJON ABDUJABBOROV (Metallurg)

Rustam Mirsodiqov tarkibni har yili o'zgartiradigan murabbiy emas. U o'zi ishongan futbolchilarni hech qayoqqa qo'yib yubormagan holda mahalliy yoshlarni tarbiyalashga odatlangan. SHuning uchun “Metallurg”da ham tez-tez yangi nomlar paydo bo'ladi. Birinchi davrada Saidjon Abdujabborovni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. U bu yil “Metallurg”ning asosiy o'yinchisiga aylandi va chempionatning birinchi qismida raqiblar darvozasini 4 bor ishg'ol etdi. 22 yoshli futbolchi birinchi davrada Mirsodiqovning ishonchini oqladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика