Daniel Maldini "Milan" bilan A Seriyada g'alaba qozondi. Bungacha uning bobosi va otasi ham klub bilan skudettoni qo'lga kiritishgan
23 may 2022 12:53
Yangiliklar


Daniel Maldini "Milan" bilan A Seriyada g'alaba qozondi. Bungacha uning bobosi va otasi ham klub bilan skudettoni qo'lga kiritishgan
Yarim himoyachi Daniel Maldini "Milan" tarkibida Italiya chempioni bo'ldi.
20 yoshli futbolchi uchun bu faoliyatidagi ilk A Seriya sovrini hisoblanadi.
Vaqtida uning bobosi CHezare va otasi Paolo ham "Milan" bilan zafar quchgandi.
Daniel Maldini bu mavsum 8 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Paolo Maldini "Milan" bilan 7 marta mamlakat chempioni bo'lgan: 1984 - 2009 yillar oralig'ida.
CHezare Maldini klub safida 1954 - 1966 yillar oralig'ida to'p tepib, 4 marta skudettoga ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar