Dani Alves qaysi klubga o'tmaganidan afsuslanishini aytdi

Eldor Akmurzayev
25 may 2021, 19:45
“San Paulu” himoyachisi Dani Alves “Man Siti” haqida gapirdi.

“2017 yil “Manchester Siti”ga o'tmaganimdan va Gvardiola bilan qayta ishlay olmaganimdan afsusdaman. Doimo har qanday vaziyatdan chiqib keta oladigan insonlar bilan birga ishlasang, bu senga foyda bo'ladi”, deydi Alves.

38 yoshli futbolchi 2019 yil erkin agent sifatida “San Paulu”ga o'tib, jamoa bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgan. U joriy mavsum Braziliya chempioniga aylandi va faoliyatidagi 42-sovrinini (jahon rekordi) qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal