Dani Alves Kolumbiyaga qarshi bahsda Braziliya terma jamoasi sardori bo'ladi
06 sen 2016 10:22
Yangiliklar
Dani Alves Kolumbiyaga qarshi bahsda Braziliya terma jamoasi sardori bo'ladi
"Yuventus" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Kolumbiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida maydonga jamoa sardori bo'lib tushadi.
Braziliyaning yangi bosh murabbiyi Tite muhim o'yin oldidan jamoa sardorini almashtirishga qaror qildi. Ekvadorga qarshi bahsda (3:0) sardorlik bog'ichi Joao Mirandada edi.
"Jamoamizda ko'plab etakchilar bor. Sardorlik futbolchilar uchun katta rol o'ynaydi deb o'ylamayman, ammo bu katta sharaf. Jamoamizning har bir futbolchisi etakchilik qobiliyatini ko'rsata oladi" - deydi Alves.
Braziliya - Kolumbiya uchrashuvi 7 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:45da boshlanadi.
Fikrlar