So’nggi yangiliklar

23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  0 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4 22:51ОКМК "Навбаҳор" футболчиси билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 22:37Эрон. "Персеполис" ўз майдонида ютқазди, Сергеевдан гол  3 22:15Сака АПЛда энг кўп маош оладиган футболчилар рейтингига қўшилди  2 21:51Ансу Фати фаолиятини Премьер-лигада давом эттириши мумкин  1 21:41"Металлург" Бранимир Йочич билан шартнома имзолади  2 21:21Назорат ўйини. "Ғазалкент" Анталияда Грузия чемпиони ёшларини мағлуб этди  0 21:06"Ривожланиш Кубоги". Ўзбекистон U-17 Озарбайжонни мағлуб этди  2 20:40Пролига. 2026 йилги мавсумда иштирок этадиган барча 14 жамоа номи маълум бўлди  5 20:22"Қўқон-1912" Адҳамжонов ва Ўздемирни таркибига қўшиб олди  7 20:09ОКМК сербиялик футболчи билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 19:58Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчисини "Каттақўрғон"га ижарага берди  2

Dani Alves "Barselona"dan nega ketganini aytib berdi Yangiliklar

Dani Alves "Barselona"dan nega ketganini aytib berdi

Braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinmagani yoqmagan.

"Barselona" jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves 2016 yilda Kataloniya klubini qanday tark etganini esladi.

“Men xudbin yoki yovuz odam emasman. Albatta, "Barselona"ni sog'inaman va har doim shunday bo'lib qoladi, chunki u er mening uyim. Kuni kecha yaqinlarimga sakkiz yil "Barselona"da o'ynab, zaxira eshigidan chiqib ketganimni aytib berdim.

O'sha paytda xafa bo'ldim, chunki men "Barselona" uchun ko'p narsa qildim, ular esa menga yangi shartnoma taklif qilishni istashmadi. O'shunda shunchaki eng yaxshi mavsumimni o'tkazdim, ammo o'zimni qadrli his qilmadim.

"Real" va boshqa jamoalar menga ikki baravar ko'proq summani taklif qilishgan, biroq men "Barselona"ni tanlaganman. Vaqti kelganida ketish to'g'risida qaror qabul qilish huquqiga ega bo'laman deb o'ylagandim, old eshikdan bayramona chiqib ketmoqchi edim.

Men juda noqulay vaziyatda qolgandim. Avval aytib o'tganimdek, boshqa joyga borib o'z qadr-qimmatimni isbotlab, keyin qaytib kelishni o'ylaganman", – dedi hozirda "San-Paulu"da o'ynayotgan Alves Marca nashriga bergan intervyusida.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика