So’nggi yangiliklar

17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  2 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  2 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  21 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3

Damir Nizanov: “Neftchi”da meni qo'llab-quvvatlashmoqda” Yangiliklar

Damir Nizanov: “Neftchi”da meni qo'llab-quvvatlashmoqda”

O'tgan mavsumni “Orol” jamoasi safida o'tkazgan iqtidorli yosh futbolchi Damir Nizanov yangi mavsum avvalida “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorovning qiziqishlar doirasiga kirdi va uni Farg'ona jamoasiga taklif qildi.

Fevral oyida Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2016” bahslarida ilk marta farg'onaliklar sharafini himoya qilgan Damir dastlabki o'yinlardayoq murabbiylar nazariga tushdi va 20 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Biroq yangi mavsum avvalida kutilmagan og'ir elka jarohati Nizanovni safdan chiqishiga sabab bo'ldi va shu tariqa u birinchi davrani o'tkazib yubordi.

Xozirgi paytga kelib esa vaziyat tubdan o'zgargan. Quvonarli tarafi, Damir Nizanov “Neftchi”ning Dukentdagi yig'inida umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Biz esa ikkinchi davraga xozirlik ko'rayotgan asli  nukuslik bo'lgan o'yinchi bilan suhbat qurdik.

– Afsuski, birinchi davraning ko'plab o'yinlarini jarohatim sabab o'tkazib yubordim. Xayriyat, barchasi ortda qoldi. Endi mashg'ulotlarda mehnat qilib yana o'zimni ko'rsatishga intilyapman. To'g'ri jarohatdan so'ng yana katta futbolga qaytish biroz qiyin kechmoqda. Lekin barchasi tez orada o'z iziga tushadi deb o'ylaman. Dukent yig'ini ancha qizg'in davom etyapti. Barcha futbolchilar mashg'ulotlarga zo'r berishgan. “Neftchi” murabbiylari jamoani ikkinchi davraga munosib tayyorlashmoqda deb aytib o'tish mumkin. Yashirmayman, ikkinchi davradan umidlarim katta. Yana murabbiylar ishonchini oqlab, farg'onaliklar sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman.

– Jamoada yosh futbolchilarni yakkalatib qo'yishmaydi. “Neftchi”da yaxshi futbolchilar jam bo'lishgan. Himoyachi Husniddin G'ofurov bilan avvaldan do'st edik. Undan tashqari SHukurali Po'latov, O'tkir Yusupov hamda Alisher Samatov singari tajribali jamoadoshlarim xamisha meni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Oz bo'lsada, farg'onalik muxlislar ko'z o'ngiga to'p surdim. Haqiqatdan ham vodiylik ishqibozlarga teng keladigani yo'q. Ikkinchi davrada  “Neftchi” o'z g'alabalari bilan Farg'ona ahlini xursand qilishiga ishonaman, – dedi Damir Nizanov “Neftchi” PFK rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика