So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  1 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  5

Dalot MYU haqida: "Yirik klub buncha ko'p mag'lubiyatga uchraganini, ammo shunga qaramay muxlislar qarsak chalganini hech qachon ko'rmaganman" Yangiliklar

Dalot MYU haqida: "Yirik klub buncha ko'p mag'lubiyatga uchraganini, ammo shunga qaramay muxlislar qarsak chalganini hech qachon ko'rmaganman"

Diogu Dalot "Manchester Yunayted" muxlislarining qo'llab-quvvatlashidan hayratda ekanligini aytdi.

"Stadionga kelib, muxlislar bizga qo'shimcha kuch beradi deb reja qila olmaymiz. Hozir hammasi aksincha bo'lishi kerak. Muxlislar nega bizni qo'llab-quvvatlayotganini isbotlashimiz lozim.

Bizning uyga kelayotgan jamoalar qo'rqishi kerak. Ammo hozir bunday emas. Shu yo'nalishda harakatlanishimiz shart, chunki avval shunday bo'lgan. Bu bir kun kelib sodir bo'ladi.

Yirik klub buncha ko'p mag'lubiyatga uchraganini, ammo shunga qaramay muxlislar qarsak chalganini hech qachon ko'rmaganman.

Boshqa mamlakatlarda buni ko'rmaysiz. Amorim buni kelishi bilan tushungan ekan: "Yigitlar, qanchalik omadingiz kelganini tushunmayapsiz, mag'lubiyatdan keyin ham ular sizni qo'llab-quvvatlashyapti".

Esimda, "Kristal Pelas"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandik, muxlislar esa bizni tushkunlikka tushmasligimiz uchun hamma narsa qilishgan. Bunaqasini boshqa joydan topa olmaysan" - dedi Dalot.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика