So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  24 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

Dahshatli jangda Belgiya g'olib bo'ldi Yangiliklar

Dahshatli jangda Belgiya g'olib bo'ldi

Mundial haqiqiy futbol bayramini taqdim etib berishdan charchamayapti.

Nimchorak finalning so'nggi bahsi ham muxlislarni so'nggi soniyalargacha katta hayajonda ushlab tura oldi. Belgiya hamda AQSH jamoalari o'rtasida kechgan bellashuvda ko'p kuzatilayotgan holat ruy berdi.

Bu o'yinda ham g'olib nomi asosiy daqiqalarda aniqlanmadi. Jamoalar 90 daqiqa bir-birlariga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi, lekin gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. Qo'shimcha bo'limning debyutidayoq De Bruyne himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi, 1:0.

Oradan ko'p o'tmasdan qo'shimcha taymda maydonga tushirilgan Romelo Lukaku o'zining aniq zarbasi bilan oradagi farqni ikkita etkazdi.


AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann tezda jamoa tarkibida o'zgarish kiritdi. Bedoya o'rniga ilk bor mundialda maydonga tushirilgan yosh istedod sohibi Julian Grin ustozi ishonchini oqladi. Jarima maydonchasi ichida oson bo'lmagan vaziyatda to'pga aniq zarba bera olgan Grin hisobni qisqatirishga erishdi, 2:1.

AQSH hujumlar sonini oshirib bordi. Bir qator xavfli hujumlar tashkil etildi. Lekin Jons, Dempsey, Bredlilarning zarbalariga birozgina aniqlik etishmadi.

SHunday qilib Mark Vilmots shogirdlari oson bo'lmagan o'yinda katta jasorat ko'rsatib g'alabani o'z qo'llarida saqlab qolishdi va chorak finalga yo'l olishdi.

Belgiyaning chorak finaldagi raqibi Argentina hisoblanadi. Bu jamoalar 5 iyul kuni o'zaro to'qnash kelishadi.


JCH-2014. Nimchorak final.

Belgiya - AQSH 2:1
2 iyul. 01:00
Bosh hakam:
Jamel Haymudi (Jazoir)
Yordamchi hakamlar:
Redouane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir)
Zaxira hakami:
Norbert Xauata (Taiti).

Gollar: De Bruyne (93), Lukaku (105), Grin (107)

Belgiya
: Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Vitsel, De Bruyne, Fellayni, Azar (CHadli, 111), Mertens (Miralyas, 61), van Buyten, Origi (Lukaku 91).

AQSH: Xovard, Gonzalez, Bredli, Besler, Bisley, Dempsey, Bedoya (Grin, 105), Jones, Zusi (Vondolovski, 73), Kamerun, Jonson (Yedin, 32).

Ogohlantirishlar: Kameron (18), Kompani (42).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика