Dahshatli derbi oldidan: "Paxtakor" & "Loko"
16 mar 2019 14:48
Yangiliklar
Dahshatli derbi oldidan: "Paxtakor" & "Loko"
Mazkur o'yin orqali chempionat o'yinlarini boshlab oladigan principial raqiblar butun mavsum davomida chempionlik uchun kurash olib borishlari hech kimga sir emas.
Ilk o'yin, keskin qarama-qarshilik, finalga chempionatdagi finalga teng to'qnashuv.
"Lokomotiv" chempionlik shohsupasidan tushib ketmaslik uchun kurashsa, "Paxtakor" o'sha cho'qqini zabt etishga qattiq bel bog'lagan.
Mazkur jamoalarning o'tgan yilgi hisob-kitobida ustunlik "temiryo'lchilar" tomonida bo'lgandi. O'zbekiston Kubogi doirasidagi yirik mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" ichki chempionatda "Paxtakor"ni taslim etgandi.
Bu gal hammasi qaytadan boshlanadi. Yangi mavsum oldidan har ikkala jamoa tarkibida keskin o'zgarishlar kuzatildi. "Loko"ni etakchi Nesterov, Maxaradze, Aliboev, Bikmaev kabi etakchi futbolchilari tark etishgan bo'lsa, "Paxtakor"dan o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Tiago Bezerra, to'purarlar poygasida Bezerradan keyingi o'rinni egallagan Gonsalvesh kabi legionerlar ketishdi.
"Loko" yo'qotishlar o'rnini Yovan Jokich, Aziz Haydarov, Avaz O'lmasaliev, Jamshid Iskanderov, Arslonmurot Amanov va Javohir Ilyosov kabi tajribali va iqtidorli futbolchilar bilan qopladi.
"Paxtakor"ning transfer kampaniyasi Marat Bikmaev, Doston Hamdamov, Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Sardor Sobirxo'jaev, Odiljon Hamrobekov kabi mahoratli nomlar bilan shov-shuvli chiqdi.
Bir qarashda har ikkala jamoa o'zagi qaysidir manoda yangilandi. Lekin butkul o'zgarib ketgani yo'q. Ayniqsa mudofaa chizig'i har ikkala jamoada barqarorlikni saqlab turibdi. Aynan mazkur chiziqda o'zgarishlar kuzatilgani yo'q. Maydon markazi vakillari har ikkala jamoa - "Paxtakor" (Hamrobekov, Sidiqov, Sobirxo'jaev, Abdullaev) va "Loko"da (O'lmasaliev, Jokich, Haydarov, Iskanderov) ham butkul yangilandi. Hujum chizig'ida (Bikmaev/Raevac) esa bir nafardan yangi nomlar keldi. Qanotlar ham bir xilda yangi nomlar ("Paxtakor": Hamdamov, Komilov - "Loko": Hoshimov, Amanov) bilan kuchaytirildi. Qizig'i, darvozabonlar borasida ham o'xshashlik mavjud: Quvvatov-Ilyosov.
Garchi "Paxtakor" va "Loko" uchun chempionat endigina boshlanadigan bo'lsada, mazkur jamoalar uchun yangi mavsum ancha avval start olgandi. "Paxtakor" bundan 1 oycha avval OCHL doirasidagi bahs orqali ishga kirishgan bo'lsa, "Loko" sal kam bir oy oldin O'zbekiston Superkubogi orqali mavsumni boshlab olgandi.
"Paxtakor" derbiga qadar jami 4 uchrashuvda maydonga tushdi va bunda 3 g'alaba va 1 durang qayd etdi. OCHL saralash bosqichida "Ey Fors" (2:1), pley-offda "Al Nasr" (2:1), OCHL guruh bosqichida "Persepolis" (1:1) bilan durang va "Al Ahli" (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba. Jamoa hozircha mag'lub bo'lgani yo'q. To'plar nisbati: 6-3. "Paxtakor" safida har bir uchrashuvda gol urayotgan Marat Bikmaev hisobida 4 gol, CHeran va Masharipovdan bittadan gol mavjud.
"Loko" esa hozircha 3ta rasmiy o'yinda ishtirok etdi va 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etildi. O'zbekiston Superkubogida AGMK (2:1) taslim etilgan bo'lsa, OCHL doirasidagi 1-turda Toshkentda "Al Vahda" (2:0) engildi va Qatarda "Al Rayan"dan (1:2) mag'lubiyatga uchraldi. To'plar nisbati: 5-3. Temurxo'ja Abduxoliqov 3 uchrashuvda 2ta gol kiritdi. Yovan Jokich ham yangi jamoasidagi gollari sonini ochib olgan. SHuningdek, Islom To'xtaxo'jaev va Diyor Turopov hisobida ham bittadan gol mavjud.
Derbi oldidan jamoalar etarlicha uchrashuv o'tkazishdi va chempionat starti oldidan malum miqdorda jamoaviy o'yinni shakllantirib, yo'lga qo'yib olishdi.
Hozircha Osiyoda "Paxtakor"ni xafa qilishga qodir jamoa topilmadi. "Loko"ni esa Qatarda "Al Rayan" ranjitgan holda jo'natib yubordi. Bugungi derbida "Paxtakor" FIFA kunlari munosabati bilan bo'ladigan tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olishni maqsad qilsa, "Loko" aksincha, Qatardan qolgan alamini "Paxtakor"dan olishga va ularni ham yangi mavsum startidagi alo kayfiyatini buzishga astoydil urinib ko'radi. Bu orqali esa jamoalar chempionlik uchun kurashdagi dastlabki yo'lda ilk ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'rishadi.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" safida ham o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga o'zgacha kayfiyatda va nimanidir astoydil isbotlashga harakat qiladigan futbolchilar etarlicha topilishi ham o'yin ahamiyatini, bellashuv afishasini qiziqarliroq qilishga qodir.
Xullas bugun qiziqarli va "qaynoq" o'tishi kutilayotgan derbida qizg'in va keskin futbol ko'ramiz.
Paxtakor Igor Sergeyev - 53', Dragan CHeran - 61', Dragan CHeran - 63' |
Superliga. 1-tur 16/03/2019, 18:00 1
:
3
Tugadi
|
Lokomotiv Arslanmirat Amanov - 73' |
Bosh hakam: SHerzod Qosimov
Fikrlar