Dahshat! "Kardiff"ning eng qimmat futbolchisi yo'qolib qoldi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2019, 15:05
"Kardiff" futbol klubi yaqindagina shartnoma imzolangan Emiliano Salaning taqdiriga oydinlik kiritishga harakat qilmoqda.

Fransiyadagi jurnalistlarning xabariga ko'ra, futbolchi kecha Nantdan Kardiffga uchgan ikki kishilik samolyotning bortida bo'lgan. Kechqurun havoga ko'tarilgan samolyot La-Mansh osmonida yo'qolib qolgan. Hozircha futbolchining taqdiri qanday bo'lgani borasida ma'lumotlar yo'q.

Sala kecha "Nant"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan va Kardiffga uchib ketishi kerak bo'lgan. U Uels klubi tarixidagi eng qimmat transfer bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal