Dahshat! Benzema jarohat oldi, EVRO'gacha 2 kun qolgan
09 iyu 2021 01:51
Yangiliklar
Dahshat! Benzema jarohat oldi, EVRO'gacha 2 kun qolgan
Franciya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida Bolgariyaga qarshi o'yin o'tkazmoqda.
Sen-Denidagi "Stad de Frans" o'yingohida kechayotgan bahsning 41-daqiqasida Karim Benzema jarohatlandi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga "CHelsi" forvardi Olive Jiru tushirildi.
Alohida aytish kerakki, 6 yillik tanaffusdan keyin terma safiga qaytgan Karim Benzema zaxira o'rindig'ida ko'zyoshlarini tiyib turolmadi.
Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni Evro-2020 start oladi. 33 yoshli forvard ungacha tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohat qanchalik jiddiy ekanligi aniqlanadi.
Fikrlar