CSKAning argentinalik hujumchisi "Jenoa"ga o'tishga rozi bo'ldi
17 jan 2021 00:58
Yangiliklar


CSKAning argentinalik hujumchisi "Jenoa"ga o'tishga rozi bo'ldi
CSKA forvardi Adolfo Gaych faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishga qarshi emas. Italyan klubi futbolchini 6 oyga ijaraga olmoqchi, deya xabar tarqatdi jurnalist Alfredo Pedula.
Ayni paytda jamoalar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
RPLning joriy mavsumida 13 o'yin o'tkazgan argentinalik hujumchi bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Gaychning Moskva "armiyachilar"i bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 9 million evroga baholamoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar